Xiva shahridagi Prezident maktabining serqirra o'quvchisi Madina Sa'dullayeva Odamboy qizi yozgi ta'til davrini o'qish, o'rganish va intilish bilan mazmunli o'tkazmoqda.

Xiva shahridagi Prezident maktabining serqirra o'quvchisi Madina Sa'dullayeva Odamboy qizi yozgi ta'til davrini o'qish, o'rganish va intilish bilan mazmunli o'tkazmoqda.



Madina Sa'dullayeva Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh bo'lgan Qo'shko'pir tumanining O'zbek yop qishlog'ida tug'ilib o'sgan. Prezident maktabida o'qish baxtiga sazovor bo'lgunga qadar tumandagi ta'lim rus tilida olib boriladigan 1-sonli maktabda tahsil olgan. Madinaning ota-onalari ziyoli insonlar bo'lganliklari, ayniqsa tibbiyot sohasida ishlayotganliklari (otasi shifokor-kardiolog) sababli farzandlarini sog'lom o'sishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan holda yoshligidanoq jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlariga katta e'tibor qaratdilar. Natijada bugungi kunda Prezident maktabining 9-sinfiga muvaffaqiyat bilan qadam qo'ygan Madina Sa'dullayeva salmoqli sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Jumladan, Taekwondo WTF sport turidan Xorazm chempioni bo'ldi, o'tkazilgan viloyat va Respublika miqyosidagi musobaqalarda 11ta 1- o'rin, 7 ta 2-o'rin, 2 ta 3-o'rinni egalladi, Taekwondo WTF sport turi bo'yicha Xorazm viloyati terma jamoasining faol a‘zosi, Respublika chempionati ishtirokchisi, qora belbog' sohibasidir.

M.Sa'dullayeva Prezident maktabining o'quvchilari orasida o'zining juda qiziquvchanligi, faolligi bilan ajralib turadi. U sportdan tashqari ingliz tili va rus tillarini puxta o'rgangan. Shunigdek, matematika, fizika, geografiya, kimyo, ingliz tili, rus tili fanlariga juda qiziqadi. Yozgi ta'til davrida bilim olishga intilishni aslo susaytirmasdan aksincha fanlar kesimida e'lon qilinayotgan bellashuv va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Hozirdanoq o'z kuchi va salohiyatini deyarli barcha fanlardan sinab ko'rishga intilishi - kelgusida uni serqirra va sermahsul, jonkuyar inson bo'lib yetishuvida mustahkam zamin bo'lishiga ishonamiz.

Madina Sa'dullayeva bu yilgi yozgi ta'tilning o'tgan davrida 7 ta 1-o'rindan tashqari 2-o'rinni egallaganligi uchun 6 ta, faol ishtirok qilganligi uchun 4 ta diplom va sertifikatlar bilan mukofotlandi. Hali oldinda katta va nufuzli musobaqalar turibdi. Intiluvchanligi bilan o'z tengdoshlariga namuna bo'lishga loyiq o'quvchimizga yutuqlar ko'payaversin deb niyat bildiramiz.








 



Report Page