Xiva shahridagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati
Respublikamizda iqtidorli yoshlarning sifatli ta'lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan biri sifatida tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli maktablar faoliyati barcha ilm dargohlari uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu jumladan, Xiva shahridagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini ham alohida ta'kidlab o'tish lozim. Maktabda o'quvchilar har tomonlama sifatli ta'lim olishlari uchun zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo'lib ta'lim yuqori sifatlarda bormoqda.
Ota - onalar bilan ham hamkorlik yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun psixologik treninglar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
Xiva shahar va tuman umumta'lim maktablarida xalqaro baholash (Formativ va Summativ) tizimini joriy etilishi jarayonlarida Xiva shahar 2-son maktab tamonidan seminar treninglar o'tkazib borilmoqda. Bularda Xiva shahardan 10-son maktabi va Xiva tumandan 9-son maktablari ishtirok etib kelmoqdalar.
Kasbga yo‘naltirish borasida ham o‘quvchilar bilan bir qancha firma va tashkilotlarning ish faoliyati kuzatildi va memorandumlar tuzib borilmoqda.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, har oy 10-,11-sinf o‘quvchilaridan repititsion blok test sinovlari o‘tkazib borilmoqda. Bu esa o‘quvchuilarda avgust oyida bo‘ladigan imtihonlarga tayyorgarlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bunga qo'shimcha ravishda maktabimizda oylik CEFR va IELTS MOCK testlariham tashkillashtirilgan bo'lib unda o'quvchilar o'zlarining joriy testga tayyorgarliklarini bilib olishlari mumkin bo'ladi
O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinyapti.
Jumladan, zamonaviy bino, o‘quv jihozlari, ko‘rgazmali vositalar, eng so'nggi rusumdagi kompyuterlar, har bir sinfda interaktiv doskalar, kutubxona, sport zal, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriya xonalari, oshxona-barchasi o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga xizmat qilmoqda. Yana shuni ham aytish joiz maktabimiz bu yil o'zining bir yilligini nishonladi.
Maktabda agentlik tomonidan saralangan 32 nafar mahoratli pedagoglar faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy o‘quv yilida ustozlarning 2 nafar xalqaro GRE va Level sertifikatlarini, 7 nafar fan o'qituvchilar o'z fani bo'yicha milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, maktabimizda qo'shimcha to'garaklar tashkil etilgan bo'lib o'quvchilar o'zlari xohlagan shaxmat va robototexnika to'garaklarida muntazam qatnashib kelmoqdalar.
Sinov asosida qabul qilingan o'quvchilar aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan chuqurlashtirib o'qitilmoqda. Joriy o'quv yilida bitiruvchi sinf o'quvchilaridan, 2 nafari IELTS, 2 nafari CEFR milliy sertfikatlarni qo'lga kiritdilar.