Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi

Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi

Turizm va madaniy meros vazirligi

Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi. Bu haqda joriy yilning 12-iyul kuni imzolangan Vazirlar Mahkamasining qarorida ma'lum qilindi.

Qarorga ko'ra, YuNESKO ko'magida tashkil etilgan ushbu maktabga xorijdan ham yetakchi ekspertlar jalb qilinadi.

Maktab faoliyati YuNESKO, Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xaqaro kengashi (IKOMOS), Madaniy boyliklarni asrash va restavratsiya qіlish xalqaro tadqiqot markazi (IKKROM), O‘zbekistonda madaniy meros masalalari bo‘yicha tashkil qilingan Xalqaro maslahat qo‘mitasi, Аgentlik, shu jumladan uning Ilmiy-ekspert kengashi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti,

Kamoliddin Bedzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Maktabning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– tegishli mutaxassislar uchun malaka oshіrish kurslarini tashkil qilish va bu kurslarga mahalliy hamda chet ellik mutaxassislarni jalb etish bo'yicha Markazga takliflar kiritish;

– “ustoz-shogird” anʼanalarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish, shuningdek, sohaga yangi usul, material va texnologiyalar, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan takliflar tayyorlash;

– malaka oshirish kurslarining tinglovchilarida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ular ishtirokida moddiy madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishni tashkil qіlishda ko'maklashish;

– asrashga doir ishlar sohasida mahalliy va chet ellik ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, anjuman va boshqa tadbirlar tashkil etish, shuningdek, uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish va eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishda ishtirok etish.

Ma'lumot uchun, o'tgan yili “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat muassasasi va bosqichma-bosqich uning davlat muassasasi shaklida Xiva, Samarqand, Buxoro, Termiz, Shahrisabz va Qo'qon shahar mintaqaviy markazlariga asos solingandi. Xiva restavratsiya maktabi direksiyaning Xiva shahar mintaqaviy markazida tashkil etildi.

Report Page