Xitoyliklar bilan hamkorlikda milliy cholgʻu asboblarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Xitoyliklar bilan hamkorlikda milliy cholgʻu asboblarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi


Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan “Xitoy Madaniyati kunlari” doirasida Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin bilan uchrashdik.

Aytish kerakki, soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz prezidentlarining tashabbusi bilan barcha sohalarda misli koʻrilmagan natijalarga erishilmoqda. 

Shuni ham alohida taʼkidlash joizki, oʻtgan yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan SHHT sammiti doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi oʻrtasida 2022-2025-yillarga moʻljallangan madaniy Almashinuv dasturi imzolangan edi. Mazkur almashinuv dasturi doirasida IX Toshkent xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesida xitoylik rassom L.Lining ishlari, “Toshkent quvonchlari” xalqaro bolalar rasmlari biyennalesida xitoyliklar qalamiga mansub suratlar namoyish etildi.

Joriy yilning may oyida esa Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida gastrol safari uyushtirildi. Kuni kecha poytaxtimizda “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati” yili doirasida Xitoyning Shandun provinsiyasi va Oʻzbekistonning ijtimoiy hayoti, urf-odatlari, tabiat manzaralari aks ettirilgan fotosuratlarni oʻzida jamlagan koʻrgazma oʻz ishini boshladi.

Bu kabi hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarni uzoq davom ettirish mumkin.

Janob Xu Xepin bilan muloqotimiz davomida XXRda Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasi koʻmagida 2024-yilning aprel-may oylarida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari”ni oʻtkazish, tadbir sohada faoliyat yurituvchi taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi takliflarni ilgari surdik.

Bundan tashqari Oʻzbekiston – Xitoy hukumatlararo qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish doirasida, Madaniy-gumanitar sohada hamkorlik qilish boʻyicha quyi qoʻmita majlisini oʻtkazish zarurati tugʻilgan. Shu munosabati bilan mazkur tadbirning tashkiliy masalalari va oʻtkazilish joyi va muddatlarini kelishgan holda oʻtkazish, hamda uning protokol loyihalarini olish, Xitoy tomoni bilan hamkorlikda “Madaniy turizm yoʻli” loyihasini amalga oshirish yuzasidan bildirilgan takliflarimiz yuzasidan fikr- mulohazalar almashdik.

Xitoy tomonidan Markaziy oyi va Xitoy Madaniyat vazirlarining uchrashuvini tashkil etish, ijodiy jamoalar oʻrtasida malaka oshirish hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, har ikki davlatda madaniyat markazlarini ochish taklifi bildirildi.

Darvoqe, Xitoy tomoni ayniqsa, hamkorlikda milliy cholgʻu asboblarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish va “Farhod va shirin” dostoni asosida badiiy bir loyiha yaratish kabi takliflarimiz, mamnuniyat bilan qabul qildi.

Report Page