Xitoydan keltirilgan ipak qurti urugʻlarini jonlantirish ishlari boshlab yuborildi

Xitoydan keltirilgan ipak qurti urugʻlarini jonlantirish ishlari boshlab yuborildi








2024-yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumi uchun ipak qurti urugʻlari Xitoydan keltirilib, viloyatning 11 ta ixtisoslashgan tumanlariga tarqatilmoqda.


Jami 20 ming 180 quti xorijdan keltirilgan ipak qurti urugʻlarining holati moʻtadil, talafotlar yoʻq. Aytish mumkin, mazkur elita urugʻlarining 1 qutisidan 58-60 kg hosil olish reja qilinmoqda.


Joriy 1-2 mavsumlarda viloyat pillakorlari tomonidan 31 ming 746 quti inkobatoriyalarda ochirtirilib, 2 ming tonnaga yaqin pilla yetishtiriladi. Ipak qurtlarini parvarishlash uchun ozuqa bazasi bilan 100 foiz taʼminlangan. 84 ming nafar aholining bandligini taʼminlashga erishiladi.


2024-yilda pillani qayta ishlash hisobiga 10 million 700 ming AQSH dollari miqdorida eksport qilish prognoz qilindi.


Ayni kunlarda Bekobod, Boʻka, Piskent tumanlarida 6400 dona qutidagi xitoy urugʻlarini jonlantirish ishlari boshlab yuborildi.

Report Page