Xitoyda golubikaning yangi gigant navi taqdim etildi

Xitoyda golubikaning yangi gigant navi taqdim etildi


Xitoyning Shinas Science and Technology Daily nashri xabariga koʼra, Janubiy Xitoy qishloq xoʼjaligi universiteti professori Chen Riyuanь va uning jamoasi oʼta yirik oʼlchamli, baʼzi mevalari diametri 42 millimetrdan ham oshadigan yangi golubika navini taqdim etdi.

Xitoyda golubika navlari hajmiga koʼra uch toifaga boʼlinadi: diametri 12 dan 14 millimetrgacha, 14 dan 18 millimetrgacha va 18 millimetr yoki undan koʼp. Yunьnanda yetishtirilgan rezavorlarning diametri 22 millimetr yoki undan ham kattaroq.

Yirik golubika cheklangan taklif tufayli qimmatroq boʼlishiga qaramay, bozorda unga nisbatan talab yuqori. Yangi navli rezavorning diametri, odatda, oddiy golubikadan ikki-uch barobar katta, oʼrtacha va yirik mevalarning diametri 18 dan 25 millimetrgacha, gigant mevalar esa 26 millimetrdan oshib, 42 mm gacha yetadi.

Sakkiz yillik tadqiqot va ishlanmalardan soʼng yangi nav Xitoyning janubiy nam iqlimida yetishtirish uchun juda mos deb topildi. Ulkan hajmiga qoʼshimcha ravishda rezavorlar qarsildoqligi va oʼrtacha shakar miqdori 12% dan 14% gacha ekani, baʼzilarida esa shakar miqdori 16,9% ni tashkil qilishi bilan xarakterlanadi.

Xitoyda mahalliy yetishtirilgan golubika, odatda, apreldan sentyabrgacha bozorga yetkazib beriladi, import qilingan golubika esa iyundan dekabrgacha mavjud boʼladi. Biroq, ushbu yangi nav bozorga yanvarь oyidayoq ichki bozorga kirib kelishi va aprelgacha sotilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, koʼplab golubika navlari meva berishi uchun kamida uch yil kerak boʼlsa, yangi nav toʼgʼri ekilganida yuqori hosil olish uchun atigi bir yil kerak boʼladi. Qolaversa, uning hosildorligi odatdagi navlarga nisbatan uch-toʼrt barobar yuqori.


Report Page