Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida 20-25-sentyabr kunlari "Oltin ipak yo‘li" XI Sian xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi.

Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida 20-25-sentyabr kunlari "Oltin ipak yo‘li" XI Sian xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston kinematograflari delegatsiyasi Shensi provinsiyasi kino boshqarmasining taklifiga binoan ushbu tadbirning faxriy mehmoni sifatida ishtirok etishdi.

Delegatsiya tarkibi:

1. Shuhrat Rizayev – Kinemtografiya agentligi direktori;

2. Furqat Usmonov – Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori;

3. Sayyora Xudayberdiyeva – Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi xalqaro bo‘limi mutaxassisi;

4. Dilshoda Mamatova – tarjimon;

5. Aysanem Yusupova – "O‘zbek qizi" filmi aktrisasi;

6. Akrom Shaxnazarov  – "101 reys" filmi rejissyori;

7. Tohir Saidov – "Bahodir Yalangto‘sh" filmi aktyori;

8. Boir Xolmirzayev – "Bahodir Yalangto‘sh" filmi aktyori;

9. Jamshid Narziqulov – "Xaus" filmi rejissyori;

10. Zulayho Boyxonova – O‘zbekiston xalq artisti, xonanda.

 

Festivalning tanlov dasturida "O‘zbek qizi" (rejissyor A. Bekturdiyev) filmi namoyish etildi.

 

Kinofestival doirasida "Bir makon, bir yo‘l" kino sanoati sohasidagi hamkorlik forumi va “O‘zbek kinosi kunlari” bo‘lib o‘tdi, kino kunlarida quyidagi filmlar namoyish etildi:

1. “101-reys” (rej. A.Shaxnazarov)

2. “Bahodir Yalangto‘sh” (rej. J. Ahmedov)

3. “Xaus” (rej. D. Narziqulov)

4. “Osmondagi bolalar 3” (rej. Z.Musoqov)

5. “Puankare” (rej. M. Erkinov)

6. “Yakshanba” (rej. Sh.Xoliqov)

7. “Kim deyay seni?” (rej. Q. Kamalov)

 

"Bir makon, bir yo‘l" kino sanoati sohasidagi hamkorlik forumi

Forumda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev "O‘zbek kinosida madaniyatlararo hamkorlik bo‘yicha yangi tashabbuslar" mavzusida ma’ruza va taqdimot qildi. U o‘z nutqida Kinematografiya agentligi tomonidan O‘zbekistonning kino va turizm salohiyatini ommalashtirish, xalqaro hamjamiyatni O‘zbekistonda madaniyat, san’at sohasida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar bilan tanishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi. 

2024-2027-yillarda "Tirik tarix" turkumidagi filmlarni yaratish dasturi doirasida xorijiy mamlakatlar bilan qo‘shma loyihalar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, forumda "Meni kut" O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyihasi bo‘yicha memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomonidan memorandumni Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov imzoladi.

Shuningdek, kinofestival doirasida “O‘zbek kinosi kunlari” o‘tkazildi. Ushbu tadbirning ochilish filmi "Bahodir Yalangto‘sh" (rejissyor J.Ahmedov) bo‘ldi. Namoyishdan so‘ng tomoshabinlar bilan filmning bosh rollarini ijro etgan aktyorlar Boir Xolmirzayev va Tohir Saidovlar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Shuhrat Rizayev "Farhod va Shirin" loyihasi bo‘yicha Xitoy kino assotsiatsiyasi Xalqaro kommunikatsiyalar qo‘mitasi raisi janob Gu Guotsin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Xitoy tomonidan yaqin vaqt ichida "Farhod va Shirin" loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish hamkor studiyasi aniqlanishiga kelishib olindi.

 

XI Sian xalqaro kinofestivalining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov, xalqaro bo‘lim mutaxassisi Sayyora Xudoyberdiyeva va Vengriya milliy kino sanoatini rivojlantirish bo‘yicha hukumat vakili Chaba Kael o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda kino ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va madaniy tadbirlar, jumladan, Vengriyada O‘zbekiston kinosi kunlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Chaba Kael ga O‘zbekiston Kinematografiya agentligining "Buyuk Amir va Donna Mariya" haqidagi tarixiy film yaratish rejalari hamda Armeni Vamberi va uning xorazmlik shogirdi Mulla Is’hoq to‘g‘risida film suratga olish rejasi haqida ma’lumot berildi.

Chaba Kael kino sanoati sohasidagi o‘zbekistonliklar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini va ularning ssenariylari bilan tanishganidan so‘ng ushbu film bo‘yicha birgalikda ishlash imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, tarixiy syujetlar Vengriya kinokompaniyalari va tomoshabinlarida doimo qiziqish uyg‘otadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning tarixiy qahramonlari haqida kinofilm ishlab chiqarish venger tomoshabinlariga o‘zbek xalqining tarixi va boy madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kino sanoatini rivojlantirish va xorijiy kinokompaniyalarni jalb qilish uchun mamlakatda alohida tartib mavjud bo‘lib, unga ko‘ra filmni Vengriyada suratga olishda Vengriya milliy kino instituti tomonidan kino ishlab chiqaruvchilari xarajatlarining 30 foizini qoplash imkoniyati mavjud.

Yuqoridagi masalalarni batafsil muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi rahbariyati va  Chaba Kael o’rtasida yana muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.

Shuningdek, qulay axborot muhitini yaratish maqsadida O‘zbekiston tomoni Budapesht shahrida O‘zbekiston kinosi kunlarini birgalikda tashkil etish taklifini bildirdi.

Chaba Kael kino kunlarini qisqa muddatda tashkil etish oson ish emasligini ta’kidlab, 2025-yil yanvar sanasini taklif qildi. Shu bilan birga, u O‘zbekiston kinosi namoyishlari ishbilarmonlik dasturi bilan birga o‘tkazilishini, jumladan, olim A.Vamberi va Mulla Is’hoq haqidagi filmni suratga olishga tayyorgarlik ko‘rilishini ta’kidladi

Shu bilan birga, Vengriya tomoni Budapeshtning eng qadimgi kinoteatri (Müpa Budapest)da o‘zbek kinosi namoyishlarini tashkil etishni taklif qildi.

Uchrashuv yakunida rejalashtirilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.

Report Page