Nima uchun Xitoy va Qatar munosabatlari AQSHni xavotirga solishi kerak?
Sharqshunos tahlilchilar
Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ning Suriya, Misr va Jazoirga yaqinda qilgan tashriflariga diqqat qaratadigan boʻlsak, Pekin Yaqin Sharqqa katta e'tibor qaratayotganga o'xshaydi. Fors ko'rfazi Hamkorlik Kengashiga a'zo davlatlar uchun AQSh va Xitoy o'rtasidagi keskinlikning kuchayishi aniq geosiyosiy ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, Allaqachon Jo Bayden ma'muriyati Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA), Abu-Dabini Pekindan uzoqlashtirish choralariga qoʻshimcha ravishda Huawei uskunalarini BAA telekommunikatsiya tarmog'idan olib tashlashni talab qilgan. Bunday talablar Fors ko'rfazi Hamkorlik Kengashining boshqa a'zolariga ehtimol, har xil koʻrinishda amalga oshirilayotgan boʻlishi mumkin. Qizig'i shundaki, Qatarga bosim kamroq bo'lishi mumkin, chunki Vashington Pekin-Doha munosabatlariga norozilik bildirganicha yo'q. Umuman olganda, Qatar va Xitoy juda iliq munosabatlarni saqlaydilar. Xitoy-Qatar hamkorligi asosan energiyaga asoslangan. Suyultirilgan gaz (LNG) sohasidagi hamkorlikdan tashqari, Saudiya Arabistoni yoki BAAning Xitoy bilan munosabatlarini solishtiradigan boʻlsak, Dohaning Pekin bilan aloqasi ancha past.

Energiya va xavfsizlik dinamikasi
GCCning barcha davlatlari singari, Xitoyning o'sishi Qatar uchun uglevodorod eksporti sohasida muhim ahamiyatga ega. Kelgusi yilda Xitoy suyultirilgan gaz (LNG)ning dunyodagi eng yirik iste'molchisi boʻlgan Yaponiyaning o'rnini egallashi kutilmoqda. Xitoy esa Qatar uchun muhim gaz eksportchisi hisoblanadi."Shimoliy maydonni kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish masalasida, Osiyo(Yaqin Sharq) tomon burilish aniq bo'ldi", deb tushuntiradi Londondagi doktor King kolleji o'qituvchisi, doktor Andreas Krieg. Xitoy yaqin kelajakda eng ko'p LNG iste'molchisi bo'lib xizmat qilar ekan, qatarliklar uchun LNGni Sharqiy Osiyoga, asosan Xitoyga yetkazib berish pragmatikdir. Darhaqiqat, Xitoy firmalari Qatarning Shimoliy hududiga muhim sarmoyalar kiritmoqdalar, bu esa kelgusi yillarda Qatar gaz qazib olishni kengaytirishiga yordam beradi. Shunisi e'tiborga loyiqki, Qatar ulkan gaz zaxiralarini Eron bilan ham baham ko'radi. (Ma'lumot oʻrnida: Shimoliy konining bir qismi Janubiy Fars deb ataladi.)"Qatarliklar, shubhasiz, boshqa sohalarda ham hamkorlik qilishni xohlashlarini bildirishmoqda, lekin hozircha Qatar va Xitoy oʻrtasida chuqurroq munosabatlar yoʻlga qoʻyilgani yoʻq.Bu kelajakda chuqurroq hamkorlik bo'lmaydi degani emas. Dohaning iqtisodiy diversifikatsiyaga intilishi, ehtimol, Xitoyning infratuzilma, IT va boshqa muhim sohalarga sarmoya kiritishiga olib keladi. Huawei va ZTE texnologik gigantlari orqali Pekin va Qatarning futuristik "aqlli shahar" kabi loyihalariga sarmoya kiritish orqali Dohaning jahon darajasidagi texnologiya markaziga aylanish ambitsiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Pekin va Doxa, shuningdek, Xitoyning "Bir makon va bir yo'l" tashabbusi (BRI) haqidagi ba'zi umumiy qarashlarga ega, bu ikki mamlakatni yaqinlashtiradi. Bundan tashqari, Xitoy Qatarni kelasi yili futbol bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishda qo'llab-quvvatladi, Pekin, Qatarning xalqaro maydonda o'yinchi sifatida paydo bo'lishi haqida gap ketganda, Doxani qo'llaydi, har ikki davlat ham Falastin muammosi kabi bir qator masalalar bo'yicha yakdil fikrlarga ega.

Mudofaa xavfsizlik
Qatar va Xitoy aloqalarini yaxshilashda davom etar ekan, mudofaa va xavfsizlik masalalarida Doha NATO-harbiy blokining ta'sir doirasidan chiqib ketishi mumkin deb o'ylashga asos bormi? Albatta yo'q. Darhaqiqat, Doxa AQSh, Turkiya va NATOga a'zo boshqa davlatlar xavfsizligiga qo'shildi. Masalan, Qatarning Rossiyadan S-400 havo mudofaa tizimini sotib olishda oldinga siljishining sababi AQSh muxolifatidir. "Qatar haligacha o'zini g'arb tomonidan himoyalangan deb hisoblaydi, ammo sharq bilan ham aloqalarni kuchaytirishga intilishlar bor. Shunga qaramay, xavfsizlik masalasida amerikaliklar hamon birinchi raqamli sherik", deydi doktor Krieg. Qatar boshqa bir qancha arab davlatlaridan farqli o'laroq, Vashington yordam bermasa, Pekin yoki Moskvaga yordam so'rashdan qo'rqmasligini ma'lum qilgan. Bu fonda, Doha 2017 yilda Qatar Amerika harbiy texnik qurollaridan boʻlmish FB-15 qiruvchi samolyotlarini 12 mlrd dollarga sotib olishi bilan koʻzga koʻrindi. Bunga javob tariqasida BAA ham Lockheed Martin F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bilan talabini qondirdi.

Shinjon faktori
Ko'plab tahlilchilar ta'kidlaganidek, Shinjonda musulmon uyg'urlarga nisbatan shafqatsizlik bilan munosabatda bo'lgani uchun Xitoyga asosan musulmon davlatlari emas, balki g'arb davlatlari tazyiq oʻtkazmoqda. Xitoyni tanqid qilishda AQSh va Yevropaga qo'shilishning o'rniga, Fors koʻrfazi hamkorlik kengashiga aʼzo davlatlarining barchasi (Qatardan tashqari), o'ta jiddiy ayblovlar, jumladan, "genotsid" da'volari oldida Pekin tarafini oldilar.
2019-yil 8-iyulda bir nechta G'arb hukumatlari BMT Inson huquqlari kengashiga Pekinni uyg'ur musulmonlariga bo'lgan munosabati uchun qoralangan maktubni imzoladilar. To'rt kundan so'ng, Kengashning barcha oltita davlati va 31 ta boshqa hukumatlar qo'shilib, Xitoyning Shinjondagi inson huquqlari holatini qattiq himoya qilgan muqobil maktubni imzoladi. Ko'p o'tmay, Qatar bu maktubdan o'zini olib tashladi. Dohaning BMTdagi doimiy vakili, imzo chekuvchi sifatida qolish "tashqi siyosatimizning asosiy ustuvorliklarini buzadi" va Ko'rfaz arab davlatining "neytral pozitsiyani saqlashga intiladi, biz vositachilik va ko'maklashish xizmatlarini taklif qilamiz", deb aytdi. Darhaqiqat, uyg'urlar masalasida, Qatarning noaniq tashqi siyosati, agar ehtiyotkorlik bilan boshqarilmasa, Xitoy bilan munosabatlarga keskinlik tug'dirishi mumkin. Buyuk Britaniyaning Durham universiteti doktoranti Jacopo Scita Amwaj.media nashriga bergan intervyusida, "Qatar Xitoyning uyg'ur ozchiliklariga bo'lgan munosabatiga tanqidiy nuqtai nazar bilan qaraydigan kam sonli musulmon davlatlardan biri bo'lgan", dedi. Uning fikricha, bu pozitsiya "Dohaning islomiy harakatlar bilan iliq aloqalarni saqlab qolish strategiyasi, Saudiya Arabistoni va GCCning boshqa mamlakatlaridan sezilarli farq qiladi". Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari uyg'urlarni Xitoyga deportatsiya qilgan bo'lsada, Qatar bunday da'vosidan voz kechdi. Shunga qaramasdan Qatar doim masofa saqlashga harakat qilib kelyapti, Xitoy bilan aloqalarga putur yetishini istamaydi.
Manba: https://amwaj.media/article/sino-qatari-relations-shouldn-t-unsettle-washington
Tayyorladi: Rustamov Sardor