Xayr-saxovat - Xayr, saxovat....

Xayr-saxovat - Xayr, saxovat....

Haqiqatga Yaqin Telegram kanali

Mozayka terishni yaxshi ko'raman. Mozaykada butun bir manzara mayda bo'laklardan tashkil topadi. Qora ham, oq ham, ranglarni turfa xillari ham qatnashadi butun bir manzarani tashkil qilishda. 

Hozir esa bo'lak, bo'lak bo'lib turgan Baxtiniso Maxmudova ning manzarasini hamma qora va oq ranglari bilan terib ko'rsatmoqchiman.


1-Bo'lak... Boy inson bu bor narsasini bera olgan inson, bo'la turib bermaganlar emas. Xayriya qilayotgan insonlar. Bu insonlarning ko'pi talabalar. Talaba eng boy odam desa ishonmas edim, chunki bu faktga asosan mumkin emas. Lekin endi tushundim, gap pulda emas ekan. Boy odamlar bu o'zida bor narsani bera oladigan insonlardir, talabalarda pul kam bo'ladi shundoq ham lekin tushlikdan, ertalabgi nonushtadan o'zi kam bo'lgan pullaridan ham tejab shu insonga yordam berishmoqda. Institutlarda xayriya konsertalari uyushtirishmoqda, yordam berishmoqda. Yosh ijodkorlar ham bor bularning safida, ijodkorlar ham talabalardan qolishmaydi. Lekin shu 17, 18, 20 yoshli yoshlar qo'ldan kelgancha yordam berishmoqda. Ko'rib turib shu ishlarini har bitta insonga ta'zim qilaman. Sizday boy insonlarni boriga shukr. Shuhrat Daryo, Usmon Azim, ularga ham rahmat... Insoniylik uchun va qolganlarga ibrat bo'la olgani uchun... Kecha bir davrada o'tirib qoldik, yosh ijodkorlar hammasi 20 yoshdan tepasi yo'q. Ularni birlashtirib turgan narsa Baxtiniso Maxmudova ga yordam berish bilan fikrlari band... 

Bu quvonarli, va manzaraning yorqin tarafi...

2-Bo'lak. Tassavur qiling bir inson o'lmoqda yoki o'ldi. Uning kafanidan foyda olish yoki kafanining bir bo'lagini o'ziga yirtib olishni maqsad qilish naqadar tubanlik. Telegram ijtimoiy tarmog'iga kanallar admini iloji boricha yordam berishga harakat qilishdi, 10 ming so'mdan millionlar yig'ishdi. Lekin ba'zi adminlar shunda ham ma'lumotlardan foydalanib o'z plastik kartalarini yozib qo'yishdi...

Bunday qilish uchun qanday odam bo'lish kerak? Bu davlatda oddiy o'qituvchining oyligingdan majburiy obunaga yoki bishqa narsalarga bosib olishlariga o'rganib ketishgan, haqqini yeb. Lekin yordamga muhtoj odamni, hayot bilan kurashayotgan odamni haqini yeyish uchun qanday razil bo'lish kerak bilmadim...

Ha aytgancha, biz bolaga yordam puli so'rab chiqqanda 1 oyligini manga berasan hal qilib beraman, deydigan jamiyatda yashaymiz...

3-Bo'lak. Alisher Sadullayev ni yaxshi bilaman. Shaxsan emas, ba'zi yaqin tanishlarim orqali. Bur viloyatdan bo'lganimiz uchundir balki yaxshi bilarman. Jizzaxdan shunchaki o'qish uchun kelgan oddiy yigitni Vazir o'rinbosari darajasiga yetishigacha bo'lgan yo'li judayam ajoyib va yorqin. Lekin bizda ayb odamlarda emas, tizim shunday. Ming yaxshi bo'lma bu tizim sani o'pqondek o'ziga tortadi va yutadi, o'ziga o'xshatib oladi. Facebookdagi sahifasida Yoshlar ittifoqi Rais o'rinbosari bo'lgandan so'ng, Baxtiniso ning konsertlarida bosh qosh bo'lganini, yordam berganini yozibdi. Man boshida aytdim, bironta ittifoqchi konsertga yordam bermadi. Alisher Sadullayev ham kelib bosh qosh bo'lmadi. Shuhrat Daryo bu ishni man qildim desa bo'ladi haqqi bor. Chunki hammasini shu inson qildi, rektorlarni, konsertda 2 soatlab jonli ijroda qo'shiqlar aytdi... 

Xurmatli Alisher Sadullayev Haqqingiz bo'lmagan narsada haqqim bor demang!!!

4- Bo'lak. Yana yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev. Savol bergim keladi? Qayerda edingiz shu vaqtgacha? Nega xabaringiz yo'qmi-di? Axir Sizning ittifoqingiz "Yosh ijodkori"-ku? Yordam berishingizni yozibsiz? Yozmasdan yordam bersangiz bo'lmasmidi? Qachon bermoqchisiz? Yo shunchaki e'tiborsiz emasmiz ko'rib turibmiz dedingmi?

Ha siz aniq ko'rib, turibsiz holos. Hech narsa qilmadingiz. Bir hadis bor "Amallar niyatlarga bog'liqdir" degan. Sizning bu qilmoqchi bo'lgan ishining saxovat uchun emas, tanilish uchun holos. Iltimos tanilishning boshqa yo'lini toping. Qo'pol bo'lsa ham, ittifoq shu vaqtgacha e'tibor bermadimi, keyin ham bermasin. Bu yurtni puli yo'q oddiy talabasi, 17 yoshli ijodkori qutqarib qola oladi, qutqaryabdi ham. Jangdan keyin jangda qatnashmasa ham "Qahramonlar" ko'paymasin...

Endi manzarani ko'rish uchun birlashtiramiz. Qanday manzara hosil bo'ldi... Reklamada aytishadi-ku, Haqiqiy qahramonlarni tanib oling, sohtalariga aldanmang. #juda_oson 


Shoirani qutqarish uchun pul bergan, bir og'iz bo'lsa ham so'z aytgan, ichida duo qilgan, qurbi yetmasa ham yaqinlariga eslatgan shu saxiylikni, hammadan Alloh rozi bo'lsin.  

IBROHIM OLOVIGA SUV SEPGAN CHUMOLI MISOLI...

So'nggi so'z o'rnida Xayrulla Hamidovni aloqasi bo'lmasa ham bir she'ri bilan yakunlamoqchiman (balki aloqasi bordir)


Қачон ўз қўшиғинг айтасан, элим,

Қачон ўз аслингга қайтасан, элим?


Ўзинг Бухорийни туғасан, бироқ,

Умрининг сўнгида қиласан “талоқ”.


Яссавийни туғиб ёвнинг қасдида,

Яшашга бермайсан ернинг устида.


Куброни туғасан ҳолин билмакка –

Қарилик ҳолида шаҳид бўлмакка...


Ҳиндлар Бобурингни дуолар қилар,

Мирзо шоҳ кўксини айрилиқ тилар...


Давога кўмса-да бутун дунёни,

Фарқи йўқ, силтайсан ибни Синони.


Буюк Берунийни боққан ўзингсан 

Ва мўъжаз асарин ёққан ўзингсан.


Термизийни эслаб йиғлайди араб,

“Йўқол юртдан”, дейсан сен унга қараб.


Ёлғиз Машрабингни ғамга тўлдириб,

Ўкириб йиғлайсан ўзинг ўлдириб.


Қодирий куйлайди ўтган кунингни,

Ўлса чиқармайсан аммо унингни.


Сен дея тушади Чўлпон йўлига,

Сибирь деб тутасан чипта қўлига.


Майли-ку, уларни оқлай олмайсан,

Гўдак Усмонни ҳам сақлай олмайсан...


Бир боланг йиғлайди Фурқатман дея,

Сен учун бу ҳолат оддий воқеа!


Соғуний қанчалар чирмашса сенга,

Уни итарасан шунчалар Чинга.


Тарихингга сиғмас даҳоларинг бор,

Ажаб, сенинг фақат жафоларинг бор.


Аввалда ёмғиру, кейин селгинам,

Ғалат одатларинг бордир, элгинам.


Бу бобда андоза олма тарихдан,

Шўр сувлар ичмагин тахир ариқдан.


Янги Бобурларинг сафи ортмасин,

Ўзга диёрларнинг роҳи тортмасин,


Элим, қучоғингда кўзга дунё тор –

Янги Машрабларга илинмасин дор.


Янги Усмонлар зор туғилмасинлар,

Ўттизга кирмасдан бўғилмасинлар.


Янги Қодирийлар келгайлар албат,

Локин келмасин ҳеч уларга навбат.


Ёшлиги ардоқда ўтса-да сиртдан,

Янги Бухорийлар безмасин юртдан.


Элим, бундан буён ўзни тияқол,

Қадрига етмасанг, туғмай қўяқол!

@HaqiqatgaYaqin

Report Page