Xayotimdan bir kun yoki Yama.

Xayotimdan bir kun yoki Yama.

Khamidulla

Bugun men zalga chiqa olmadim. Bir xafta davomida bir marotaba xam qoldirmasdan zalga chiqayotgan edim lekin bugun kundaligimda boshqa ishlar bor edi. Men bugun o’zim ko’p yillar maboynida katta qiziqish bilan o’qiydigan kitoblarim mualifi “Boris Akunin” bilan xayotda uchrashishga muyassar bo’ldim. Men uni 40 dan oshiq kitoblarini o’qiganman. Ola Nortoy deyotganlar uchun bir ma bir sanab berishim mumkin 🤪. Shulardan bir nechtasini ikki marotaba o’qiganman. (Siz meni o’quvchim meni 4 ta postimni o’qib men bilan uchrashish uchun zalni tashlab borarmidingiz? 🤣). Menimcha bu mualifni kitoblarini o’qimagan bo’lsangiz xam kitoblar asosida olingan kinosini ko’rgan bo’lsangiz kerak “Азазел”, “Турецкий Гамбит”, “Статский советник” ва “Шпион”. Bu uchrashuvda mualifni Erast Petrovich Fondorin va uning yordamchisi Masaxiro Sibata xaqidagi yangi “Yama” nomli kitobini taqdimoti bo’ldi. Bundan tashqari mualif Fondorin xaqida tugallanmagan yana bita intraktiv audio spektaklidan parchani o’qib berdi. Muallif turli tuman experementlar o’tkazib turadi. (Bunga uni In-va-Yan kitobi misol bo’la oladi.) Interaktiv kitobda xikoya ikki xil davom etishi mumkin. Bunda o’quvchiga tanlash imkoniyati beriladi. Bu prozada o’zgacha kreative yondashuv. (O’z ishini ustasi bo’lsa shunaqa bo’lish kerak aslida. Qorqmasdan eksperement qilib ko’rish kerak). Zalda ko’pchilik tanlangan variant bo’yicha muallif kitobni o’qishni davom etti. 

Afsuski xikoya xali tugallanmgan va uni nima bilan tugashini kutish endi uni o’quvchilari uchun bir azob.

Undan kegin savol javoblar boshlandi. Bo’lib o’tgan badiy kechada mulifga o’zimni uni O’zbekistonlik o’quvchisi man deb tanishtirib unga quyidagi savol bilan murojat ettim:

  • Siz Tatyana Tolstaya va Avdotya Smirnovaning “Школа злословия” dasturida Erast Petrovich Fondorin qaxramonidan juda beziganman (jonimga tekkan) deb aytgan edingiz. Lekin mana bugun yangi kitobni taqdimotidamiz. Bu qaxramon xaqida yangi kitob yozishga sizni nima undandi?

Butun zal javobni oxirigacha eshitgungacha juda xam katta xayojonda bo’ldi. Javobni oxirgacha eshitmasdan men bergan savolimga pushaymon bo’lib kettim. Javobni to’liq so’z ma so’z aytib bera olmayman (nimaga ekanligini quyida o’qib ko’ring) lekin u quyidagicha edi:

  • Yangi yil oldidan doxtirlar meni ko’rikdan o’tkazib opkamda saraton aniqlangani va u metastaza berganligi tufali men yashashimga uzog’i bilan olti oy qolganligini aytishdi. Men ungacha xar kuni jismoniy mashq bilan shug’illanardim, va 19 qavatga sekundomer bilan chiqar edim. Xar xil klinikalarda ko’riklarda, xar xil medik testlardan o’ta boshladim. Va o’zimni jismoniy mashqlar bilan qiynagim kelmadi. O’xirgi kunlarimni o’zim xohlagaimcha o’tkazgim keldi. Uni o’rniga vaqtimni Fondorin xaqida ohirgi romanimni yozib o’zimni va o’quvchilarimni so’ngi marotaba xursand qilmoqchi bo’ldim. Kimga nima deb javob berganimdan tashqari, kimga nima deb vada berganimdan tashqari. Kitob yozish jaroyinda xayotim juda xam xursandilik bilan o’tti. Axir men o’zim bir payitlar yaxshi ko’rgan qaxramonim bilan yana sarguzashtlarni boshdan kechirayotgan edim. So’ngi kunlarimni aynan shunday o’tkazgim kelgandi meni (Shu joyda zal skunatga cho’mdi). Kitobni oxirga etgazishimga oz qolganida, dohtirlar olinga test natijalari asosida qilingan xulosa xato ekanligini va men ko’p yillar yana o’z o’quvchilarimni xursand qila olishimni aytishdi (Shu joyda zal chapak chala bo’shladi ohirgacha eshita olmadim 😟. Uchrashiv online yozib olinayotgan edi. Agar topsam va qiziqqanlar bo’lsa kegin ulasharman).

Shu joyda men xam o’zimga savol berib ko’rdim. Agar menga 6 oy qolgan bo’lsa men nima bilan mashg’ul bo’lardim deb.

Savol joblar tugagach mulifdan esdalik uchun aftogrof olish uchun bordim va u meni ko’rib stulga o’tirishimni qattiy so’radi.

Ko’pchilikka shundoq qo’l qo’yib berayotgan edi. Men unga siz katta nomard (злодей) ekansiz butun zalni chop etilmagan kitobingiz bilan qiziqtirib qoydingiz. Yangi kitobni endi intizorlik bilan kutamiz deb aytdim. Shuning uchun endi meni kitobimga (”Вы болшой зладей. За интриговали всех сидеших здесь. Тепер мы будем ждать новой книгу с нетерпением. По этому прошу подпешите книгу) “От Акунина” deb yozib bering deb turib olidim u xech kimga kimdan-kimga ligini yozmasdan faqat qol qoyib berayotgan edi (mualifni xaqiqiy ismi Григо́рий Ша́лвович Чхартишви́ли). Chunki orqada juda ko’p odam qo’l qoyib berishini so’rab turgandi. U menga koz oynagini pastga tushirib kulimsirab “Он будеть стараться” dedi. Bu muallif va uni o’quvchisi yani men bilan o’ziga xos bir so’z o’yni edi. 

Chunki mualif o’z kitoblarni yozishdan oldin Yapon va Ingiliz tillaridan bir necha asarlarini tarjima qilgan. Va uning taxalusidagi Akunin so’zi (悪人) yapon tilidan nomard deb tarjima qilinadi. Shu bilan mualif bilan unga xos ravishda xayirlashdik.

Aslida xikoyam shu joyda tugashi kerak edi. Ammo eshik oldida menga bir qiz kelib yo’limni to’sdi 😀. O’zini Anna deb tanishtirib O’zbekistonlik ekani va turmush o’rtog’i bilan EPAM kompaniyasi orqali Netherlandsga kelganini aytdi. Siz O’zbekstonni qaysi shaxridansiz? Bu yerda yana boshqa O’zbeklar bormi? Kimsiz? Nima ish qilasiz? va xakazolar xaqida so’rab ketti. Men esa vatondoshim bilan uzoq o’lkalarni birida uchrashganimdan xursand edim. Kontaktlarimni almashib uni Amsterdamga oyilaviy kelsa uchrashishni taklif qildim. Uni xam kichik blogi bor ekan agar siz Rus tilida o’qishni bilsangiz va sizga qiziq bo’lsa obuna bo’lib qo’ying. Mana uni kanali.

Men esa xar doimgidek ko’rishganda ko’rishguncha deb qolaman.

Report Page