Xayfsan

Xayfsan


Viloyat raxbariyati topshirig`i bilan, tuman va shaharlarda 22-24 fevral kunlari har bir maxallada Yashil makon va obodonlashtirish ishlari olib borilishi va “Oqqo‘rg‘on tajribasi” hududlarda joriy etilishi bo‘yicha topshiriq berilgan.t Ushbu topshiriq bo‘yicha Nurafshon shahridagi 22ta mahalla kesimida Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari va “Oqqo‘rg‘on tajribasi” amalga oshirish uchun korxona va tashkilot rahbarlari ma’sul etib tayinlandi. Hamda mahalladagi ziyolilar, nuroniylar, faollar jalb etilib aholi o‘rtasida obodonlashtirish ishlarida faol qatnashishlarida tushuntirish ishlari olib borilib tizimli vazifalar belgilab berildi. Jumladan bugungi kunga qadar Nurafshon shaharida 24 gektar ortiq maydonda obodonlashtirish ishlari olib borilishi uchun 21 ta texnika, 1089 nafar xasharchi jalb qilindi, Nurafshon shahridagi 8 ta qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borildi, 3423 ta daraxtlarga shakl berish ishlari bajarildi, 0,15 km ko‘chalar shag‘allashtirildi, Mahallalarda 1,4 km ariq va zovurlar tozalandi, 109 tonna chiqindi mahallalardan olib chiqildi, 11 ta oilaning uy-joylari ta’mirlab berildi, 20 dan ortiq qarovchisini yo‘qotgan ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalarning tomorqasi obodonlashtirildi.

Shahardagi markaziy ko‘chalarda, korxona, tashkilotlar yo‘l yoqalarida mevali va manzarali daraxtlarga shakl berish, ekin maydonlari hududini tozalash hamda tartibga keltirish ishlari olib borildi.

Yuqoridagi raxbariyat tomonidan belgilab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay Nurafshon shahar Degantepa mahallasi fuqarolari yig‘ini raisi Muxammedov Abduxamid Abdievich, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi Boboev Axrorjon Saydullaevich, xotin-qizlar faoli Jo‘rabaeva Zumrad Muhammadsalievna, yoshlar yetakchisi Akromov Asrorjon Ilxomjon o‘g‘li, Degantepa profilaktika inspektori Raxmonberdiev Furqat Ikromali o‘g‘li, Oppoq mahallasi yoshlar yetakchisi Yo‘ldoshev Ziyoviddin Bahodir o‘g‘li rahbariyat tomonidan qo‘yilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganliklari axoli o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib bormaganliklari uchun hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanildi.

Report Page