Xarper LI: "Mazaxchini o'ldirish"
@oxirgi_stoldagi_odamMazaxchi – eng beozor qush, u faqat biz rohatlanishimiz uchun sayraydi... uni o'ldirish - gunoh!
Siz bu kitobni har gal qayta o'qiganingizda undan yana yangi nimadir topishingizga ishonaman. Xarper Li kitobda oiladagi munosabatlar aslida qanday bo'lishi kerakligini Attikusning hatti-harakatlari misolida ko'rsatib bergan. Atrofdagi bosimga qaramasdan halol va to'g'ri inson bo'lib qolgan ota!...
90 yoshda vafot etgan adiba Xarper Li roman yozgan ayol yozuvchilar ichida eng omadlisidir. Sababi u bittagina roman bilan ham adabiyot tarixida qoldi. Yana bir qiziq joyi - dastlab noshirlar "asaringiz kitobxonga qiziq emas, syujetni o‘zgartiring" deya maslahatlar berishgan...
Syujet haqida ozgina:
Amerikadagi 30-yillar... Irqiy tengsizlikning alomatlari deyarli yo'qolmagan, insonlarning hamon eski steriotiplari hukmron bir davr. Va biz, Meykomb shaharchasida, maktab yoshidagi farzandlarini vijdoni toza ota sifatida tarbiyalamoqchi bo'lgan Attikusning hayotiga oid voqealarga guvoh bo'lamiz. Skaut ismli qiz esa, bizni asardagi voqealardan xabardor qilishda hamrohlik qiladi.
Kitobda bolalarning beg'ubor kundalik "ermak"larini va o'sha vaqtning o'zida Amerikadagi ijtimoiy tengsizlik, qora tanlilarga nisbatan jirkanch munosabatlar juda aniq tasvirlanadi. Naqadar mohirona tarzda balans ushlangan.
Qisqa infolar:
• Kitob 80% AQSH maktablari dasturiga kiritilgan.
• BBC talqiniga ko‘ra eng kuchli ruhlantiruvchi 100 kitob ro‘yxatiga qo‘shilgan.
• “Eng yaxshi badiiy kitob” uchun Pulitser mukofotini olgan. Va hokazolar
Endi kuliminatsiyaga yetib keldik: Kitobda Skautning otasi - Attikus, nohaq ayblanayotgan qora tanli - Tom Robinsonni sudda advokati bo'lib himoya qiladi. Ana sizga intriga.
P.S. Menga qolsa shu yil kitobni yana qayta o'qib chiqaman, sababi o'zim uchun "Redli alvasti" qiyofasini uncha yaxshi ocha olmadim. Lekin shunisi aniqki, kitobda Attikusning muammolari, his-tuyg'ulari bilan birga yashadim... Uni his qila oldim...