Xaridorlar diqqatiga: kontraktatsiya ochilish kuni tez kunlarda e’lon qilinadi

Xaridorlar diqqatiga: kontraktatsiya ochilish kuni tez kunlarda e’lon qilinadi

UzAuto Motors

Hurmatli xaridorlar, 

Bugun, 18-dekabr kuni ommabop avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar ochilishi mumkinligi bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlarga ishonmang. UzAuto Motors rasmiy kanallarida kontraktatsiya boshlanishining aniq sanasi to‘g‘risida xabar beriladi.

UzAuto Motors kompaniyasi oʻz mijozlaridan hushyor boʻlishni va shaxsiy maʼlumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni soʻraydi. Onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta’minlaydigan imkon yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi ((iOS/Android), shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

Avtomobilni onlayn xarid qilish bo‘yicha mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:

1. OneID tizimidan ro‘yxatdan o'tish;

2.  Telefonga "UzAutoSavdo" mobil ilovasini yuklab olish ((iOS/Android), savdo.uzavtosanoat.uz saytiga kirish;

3. OneID tizimidagi login va parol yordamida saytga kirish/ilovadan ro‘yxatdan o‘tish;

4. Avtomobil modeli, rangi va komplektatsiyasi hamda ma’qul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda, shartnoma tuzish kerak bo‘ladi.

Report Page