Xamsa
https://t.me/natlibuzعلى شير نوايى. خمسه
تاشكند: بورصوف طبعخانه سى، ١٣٢٢ –
XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoning yirik madaniyat o‘choqlari bo‘lgan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon va boshqa bir qator shaharlarda matbaachilik korxonalari vujudga kela boshladi. Bu matbaalarda turli mavzulardagi kitoblar bilan bir qatorda o‘zbek adabiyoti namoyandalarining ham asarlari nashr etila boshladi.
Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona fondida “Xamsa”ning Qozi Muhammad Rasulxo‘ja ibn Muhammad Said Rasulxo‘ja tomonidan 1901 yili Toshkentda O. A. Porsev bosmaxonasida chop etilgan toshbosmasi saqlanadi.
"Xamsa" - buyuk badiiy obida, Hazrat Alisher Navoiy ijodining eng yuksak cho‘qqisi.
Shoir birinchilardan bo‘lib, turkiy tilda to‘liq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday ko‘lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.
"Xamsa"ning birinchi qismi "Hayrat ul-abror"ni o‘qir ekansiz, unda umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarga duch kelasiz va keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob topasiz.
Asarning bosh sahifasida Payg‘ambarimiz alayhissalomning mashhur hadislari berilgan: إنّ أحْسَنَ الحُسْنِ الخُلْقُ الْحَسَنُ "Insondagi eng go‘zal narsa, bu - uning yaxshi xulqidir!"

