Xalqning rozilig

Xalqning rozilig


#Live 


#Murojaat


#xalqqa_murojaat 


#sessiya_21


Xalqning roziligi va turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan choralarni ko‘rish, pirovard maqsad esa doimiy ish o‘rinlarini yartishga qaratilgan sa’i-harakatlar deb hisoblaymiz.


#Murojaatnomadan


Nurafshon shahrida kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mahalla guzarlarida aholini kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi "Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4804-sonli qaroriga asosan Nurafshon shahrida mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash borasida "Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari" hisobidan shahardagi 125 ta (shundan 33 tasi yoshlar) kasbi bo‘lmagan va band bo‘lmagan fukarolar o‘quv markazlarida xususan aholi bandligiga ko‘maklashish markazining sobiq binosida yangitdan tashkil etilgan o‘quv maskanida kasb-hunarga o‘qitilib va tadbirkorlikka jalb qilish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkor-likni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4862-sonli qarori asosida axolini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini amaliyotga joriy etilib, aholinig tadbirkolik bilan shug‘ullanishga qiziqishi va manfaatdorligini oshirish maqsadida tadbirkorligni rivojlantirish maqsadida Yoshlar agentligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan birgalikda o‘quv dastur asosida ro‘yxat shakillantirilib, jami 88 nafardan iborat bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlar joriy yilning dekabr oyida bir oylik o‘quv kurslarga jalb qilinmoqda


Bugungi kunda shahrimizda jami 53 nafar hunarmandalar o‘z faoliyatini olib borishi orqali doimiy daromad keltiradigan mehnat bilan bandligi ta’minlanib, kelajakda ularning kasbini egallovchi yana 106 nafar shogirdlar jalb qilinganligini ta'kidlab o'tilmoqda.


Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimi Qahramon Xakimov Qodirovich xalqqa murojaasidan

Report Page