Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

EconomyPress

Joriy yilning 10-dekabr sanasida Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank Raisi Mamarizo Nurmuratov va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Xalqaro valyuta fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ron van Roden bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov, Xalqaro valyuta fondi katta iqtisodchilari Kevin Ros va Lovrens Dvayt, iqtisodchi Ezikel Kabezon hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining mas’ul departament xodimlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida so‘nggi 5 yil davomida O‘zbekistonda olib borilgan islohotlar va erishilgan yutuqlar, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, xususiylashtirish, bojxona islohotlari, YaIMning o‘sishi, biznes muhitini yaxshilash, aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, kichik va o‘rta tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, xususiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorliligi va izchilligini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari, transformatsiya jarayonlari, inflatsiya darajasini pasaytirish, aholining yashash darajasini oshirish, elektr energiyasi sohasi, qishloq xo‘jaligi, xususan, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yer maydonlarni ajratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini joriy etish, mehnat samaradorligi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik borasida fikr almashdilar.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page