Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasining IV modda bo’yicha tashrifi

Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasining IV modda bo’yicha tashrifi

MoliyaPress

Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi 2019 yil fevral oyidan martgacha bo'lgan davrda O'zbekistonga so'nggi o'zgarishlar va istiqbollarni o'rganish, mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida tashrif buyurdi.

Toshkentda xalqaro jamg’armasi katta moliyachisi Albert Eger boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari, Markaziy bank, Davlat soliq qo'mitasi, Bosh prokuratura va boshqa idoralarda qator uchrashuvlar o'tkazdi. Muhokamalar rivojlanish ustuvorligi, tarkibiy islohotlar, pul-kredit siyosati, moliyaviy va soliq tizimlariga, Davlat byudjeti va uning parametrlarini 2019 yilda bajarish kabi mavzularga qaratildi.

Albert Eger

Yaqin vaqt ichida Xalqaro valyuta jamg'armasi Missiyaning O'zbekistonga tashrifi natijalari bo'yicha yakuniy bayonot e'lon qiladi. 5 mart kuni bu mavzuda brifing bo'lib o'tadi.

Malumot uchun: yakuniy bayonnomada XVJ missiyasi safari yakunlari bo'yicha dastlabki natijalar ko'rsatiladi. Bunday tashriflar Xalqaro Valyuta Jamg'armasi mablag'laridan foydalanish to'g'risidagi so'rov bilan bog'liq ravishda XVJning IV moddasi bo'yicha muntazam (odatda yillik) maslahatlashuvlar doirasida, shuningdek Jamg’arma xodimlari nazorati ostida o'tkazilgan dastur muhokamalari davomida yoki XVJ tomonidan boshqa iqtisodiy monitoringning bir qismi sifatida amalga oshiriladi.

Moliya Vazirligi

Axborot xizmati




Report Page