Xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmatiBMTTD delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Agentlikning roli muhokama qilindi. BMTTD bilan BMTning Oʻzbekiston bilan hamkorlikdagi milliy moliyalashtirishning kompleks mexanizmini yaratish boʻyicha dasturini amalga oshirishda texnik yordam koʻrsatish masalalari koʻrib chiqildi.
Yana bir uchrashuv Irlandiyaning “IDI” instituti vakillari bilan oʻtkazildi.
Xorijiy ekspertlar bilan kichik va oʻrta biznesga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.