❗️: Xalqaro reytinglarda yuqori o'rin egallash uchun TOP 8 ma'lumot.

❗️: Xalqaro reytinglarda yuqori o'rin egallash uchun TOP 8 ma'lumot.



📢: Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari hamda ilmiy izlanuvchilari diqqatiga!

🗣: Xabaringiz bor, 30-aprel kuni Ilmiy boshqarmaning Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo'limi tomonidan Ommaviy huquq fakulteti jamoasi uchun “TSUL: Rankings and Science” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

🤝: Aytib o'tish joizki, juda ham qiziq va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tgan seminar-treningda Ommaviy huquq fakulteti professor-o'qituvchilari va Ilmiy boshqarma vakillariga:

1. Bo'lim tomonidan professor-o'qituvchilarga QS World Rankings, QS EECA Ranking, QS Ranking by Subject va Times Higher Education haqida ma'lumot berildi.
2. Xalqaro reytinglarda universitet o'rnini ko'tarishda professor-o'qituvchilardan nimalar talab etilishi to'g'risida ma'lumot berildi.
3. Scopus ma'lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallar ro'yxati har ikki oyda emas, balki har oyda bir marotaba yangilanib e'lon qilinishiga kelishib olindi.
4. Professor-o'qituvchilarga Publons platformasining afzalliklari, undan ro'yxatdan o'tish tartibi va shaxsiy profilni to'liq yuritish masalalari tushuntilib o'tildi.
5. Professor-o'qituvchilar tomonidan Scopus ma'lumotlar bazasida ilmiy maqolalar nashr ettirishni kuchaytirish zarurligi asoslantirildi.
6. Professor-o'qituvchilar Scopus ma'lumotlar bazasida maqolalar chop ettirishida bo'lim tomonidan amaliy yordam ko'rsatilishi yana bir bor ta'kidlanib, ushbu yo'nallishda TDYU ilmiy jurnallarini Scopus ma'lumotlar bazasiga kiritishdagi ishlarga to'xtatilb o'tildi.
7. Bo'lim vakillari professor-o'qituvchilar tomonidan "Ishonchsiz" jurnallarda (Predatory journals) maqolalar chop etayotganligi ham muallif, ham TDYU manfaatlari uchun xavfli ekanligi va bunday jurnallarni aniqlash yo'llarini yana bir bor eslatib o'tildi.
8. Professor-o'qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bo'lim tomonidan chop etilib borilayotgan "PRAKTIKUM"lar :
TSUL LIBRARY

🏛: Fakultet vakillari bo'lim tomonidan fakultetlararo statistik monitoring yuritilishi kerakligi haqida taklif berdilar.

👥: Qatnashchilar TDYU rivoji yo'lida kelgusi faoliyatini yanada uyg'unlashtirishga va o'zlarini qiziqtirgan boshqa masalalarda ham kelishib oldilar.

📎: Foto hisobot:


✅: Eslatib o'tamiz, ushbu seminar-trening har bir fakultet kesimida olib borilishi nazarda tutilgan, bizni kuzatishda davom eting, kelasi seminar-trening haqida ma'lumotlar:




Report Page