Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), UNICEF va Jahon bankining Ijtimoiy himoya agentligining tashkil etilishini olqishlaydi

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), UNICEF va Jahon bankining Ijtimoiy himoya agentligining tashkil etilishini olqishlaydi

World Bank Uzbekistan

QO'SHMA BAYONOT


Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), UNICEF va Jahon bankining Ijtimoiy himoya agentligining tashkil etilishini olqishlaydi

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) va Jahon banki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishlaydi. Jahon miqyosida va Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya islohotini qoʻllab-quvvatlovchi yetakchi tashkilotlar sifatida ishonchimiz komilki, bu Oʻzbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi kun tartibini ilgari surishda hamda butun hayotlari davomida alohida shaxslar va oilalarning kambagʻallik, zaiflik va ijtimoiy chetlanishini kamaytirishga va oldini olishga qaratilgan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini, shuningdek Oʻzbekistonning milliy rivojlanish maqsadlari va Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishdagi muhim qadamdir.

Agentlikning vazifalari qatoriga aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining kompleks va har tomonlama chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish, zaiflikning oldini olish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilish kiradi. Tashkil etilgan Agentlik tarqoqlik, ijtimoiy himoya funksiyalaridagi boʻshliqlarni bartaraf etish, tizim monitoringi va baholashni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishiga qatʼiy ishonamiz. Bundan tashqari, Agentlik bolalarni himoya qilish va nogironligi boʻlgan shaxslar inklyuziyasi borasidagi ustuvor yoʻnalishlarga xalqaro standartlar va meʼyorlarga muvofiq ravishda alohida eʼtibor berishi quvonarlidir. Ushbu agentlik vakolatli organ sifatida ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlarni oʻzida mujassamlashtirgan ijtimoiy himoya siyosatini ishlab chiqishni, shuningdek bandlik sektori va boshqa xizmatlar bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirishni taʼminlaydi. Umid qilamizki, Agentlik milliy ijtimoiy himoya siyosatining meʼyoriy asoslarini belgilab beradi, alohida dasturlarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi hamda chora-tadbirlarning amalga oshirilishini dalillarga asoslanib nazorat qilgan holda ularning muvofiqlashtirilganini taʼminlaydi.

Agentlik doirasida Oʻzbekistonda oilalar va bolalar farovonligiga taʼsir etuvchi, uzoq davom etadigan yoki toʻsatdan sodir boʻladigan zarba va inqirozlarga moslashuvchi va tezkor javob beradigan, ularning chidamliligini mustahkamlaydigan ijtimoiy himoya tizimini yaratish uchun ulkan imkoniyatlarni koʻrmoqdamiz.

XMT, UNICEF va Jahon banki mamlakatda barchaning manfaati yoʻlida ijtimoiy himoyani rivojlantirish uchun Oʻzbekiston hukumatini bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlashga tayyor.


Qo'shma bayonot matni rus tilida ham mavjud.


Report Page