#Xalqaro_konferensiya

#Xalqaro_konferensiya


22-23-aprel kunlari Farg‘ona davlat texnika universitetida “Farg‘ona vodiysida yer resurslari, atrof-muhit va qattiq chiqindilarning hozirgi holati va zamonaviy innovasion texnologiyalar asosida rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Dastavval, ushbu konfrensiyani Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapov bugungi anjumanni ochib berdi.


🖇 Mazkur konferensiyada, O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy OTMlardagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining olimlari, professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, tadqiqotchilari, magistrant va talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalari muhokama qilinadi.

Shu bilan birgalikda, “Universiti Malaysia Pahang Al-Sultan Abdullah” rektori, professor Dr Yatimah Alias boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham mazkur konferensiyada ishtirok etishdi.


📌Konferensiya doirasida quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi va sho‘ba majlislari o‘tkazilishi rejalashtirilgan:


Yer resurslarini geodezik-kartografik modellashtirishda masofadan zondlash texnologiyalarini qo‘llash;


Atrof-muhit muhandisligi hamda qurilish-arxitekturasi muammolarini hal qilishda innovatsion yondashuvlar;


Qurilish materillarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash;


Qattiq chiqindilarning hozirgi holati takomillashtirish bo‘yicha raqamli texnologiyalarni qo‘llash;


Qurilish muhandisligi;


Anjuman 3 ta shoʻbada tashkil qilingan bo‘lib, 100 dan ziyod ilmiy maqolalar muhokama etilshi rejalashtirilgan

Report Page