Xalqaro Yoshlar Olimpiadasi - 2024

Xalqaro Yoshlar Olimpiadasi - 2024

November 25, 2023

Xalqaro Yoshlar Olimpiadasi — HSE Milliy tadqiqot universiteti tomonidan chet ellik o’quvchilar uchun har yili o’tkazilib kelinayotgan bepul olimpiada.

21-25-noyabr kunlari “International House Tashkent” akademik litseyida bir necha yildan buyon Xalqaro yoshlar olimpiadasining (MOM-2024) musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. 

“International House Tashkent” bir necha yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab olimpiadaning markazi bo‘lib kelmoqda.
Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish litsey va Oliy Iqtisodiyot maktabi (HSE) Milliy tadqiqot universitetining uzoq muddatli hamkorligi tufayli amalga oshirilimoqda. Ana shunday hamkorlik tufayli Akademik litsey olimpiadani yuqori darajada tashkil etishni ta’minlab, ishtirokchilarga musobaqalarda qatnashishlari uchun munosib sharoitlar yaratib bermoqda.

MOM olimpiadasi ishtirokchilarga fanlar boʻyicha oʻz iqtidorini namoyon etish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish imkonini beruvchi nufuzli tanlov boʻlib, olimpiada natijalariga koʻra gʻoliblar bepul taʼlim olishi, o’rin egalari esa Oliy Iqtisodiyot maktabida o‘qish narxining 75 foizigacha bo‘lgan grantni qo’lga kiritishlari mumkin bo’ladi.

Akademik litsey MOM Olimpiadasining markazi ekanligidan faxrlanadi va Oliy Iqtisodiyot maktabining hamkorligi va qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirishga ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildiradi.

Report Page