Xalqaro Nordik universitetining hamkorlaridan biri 👉 NOKIA transmilliy korporatsiyasi

Xalqaro Nordik universitetining hamkorlaridan biri 👉 NOKIA transmilliy korporatsiyasi

Xalqaro Nordic universiteti

Finlyandiyaning transmilliy texnologik korporatsiyasi hisoblangan NOKIA dunyoning 100 dan ortiq mamlakati bilan hamkorlik qiladi. Korporatsiya xodimlari soni 103 ming kishidan ortiqdir. Uning yillik daromadi 23 milliard dollarga teng. Fortune Global-500 ma'lumotlariga ko‘ra, NOKIA jahondagi 500 ta eng yirik kompaniyadan biridir. 

Korporatsiya 5G uyali aloqa tarmoqlari uchun yangi avlod standartlarini ishlab chiqaradi. Ayni paytda NOKIAning O‘zbekistonda ham vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Ushbu yirik transmilliy metamakon korporatsiyasi Xalqaro Nordik universitetiga o‘z strategik maqsadlarini amalga oshirishda asosiy hamkorlardan biridir. Bizness-inkubator, xorijda stajirovka, master-klasslar tashkil etishda yaqindan yordam beradi.

Shuningdek, talabalar va bitiruvchilarga O‘zbekistonda va xorijda ish o‘rgatish, startaplarni rivojlantirish va kelajakda universitet talabalarini ishga joylashtirish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik rejalashtirilgan.

Metamakonda dunyoning birgalikda rivojlanishiga yordam beradigan texnologiyalar yaratish, to‘rtinchi sanoat inqilobi texnologiyalari, shu jumladan 5G ni o‘zlashtirish kerak. 

Xalqaro Nordik universiteti va NOKIA hamkorligi kelgusida yanada kuchliroq hamjamiyatni yaratish, yosh kadrlarni o‘qitish va salohiyatini birlashtirish orqali tizimlarga innovatsiyalar kiritish, bulutli mahalliy yechimlar taqdim etish, jamiyatning taraqqiyotiga katta turtki bo‘ladigan yangi ilovalar ustida ishlash imkonini beradi.

Report Page