Xalqaro Moliya Korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

Xalqaro Moliya Korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

EconomyMoliyaPress

Joriy yilning 14-fevral kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Vibke Shlyomer hamda vazirning birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat funksiyalarini qisqartirish departamenti direktori Zokir Bozorov hamda Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, xalqaro reytinglar bilan ishlash departamenti direktori o‘rinbosari Shuhrat Matkarimovlar ishtirok etdi.

Mehmon tomondan XMKning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri Kassandra Kolbert, XMKning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Zafar Xashimov va boshqalar ishtirok etdi. 

Uchrashuvning asosiy mavzusi sifatida XMK ko‘magida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini rivojlantirish doirasidagi hamkorlikning keyingi rejalarini muhokama qilindi.

Dastavval, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-sonli “Yangi O‘zbekistonning ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq amalga oshirilayotgan ma'muriy islohotlarning borishini, shuningdek, Respublika rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar nuqtai nazaridan iqtisodiyot va moliya vazirligi oldiga qo‘yilgan vazifalar doirasini muhokama qildilar.

XMK va korporatsiya tomonidan mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga xususiy kapitalni jalb etishda ko‘rsatilayotgan yordamning roli, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish muhimligi alohida ta'kidlandi.

Bundan tashqari, tomonlar sog‘liqni saqlash, ta'lim va energetika kabi sohalarda DXSh loyihalarini amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoniga XMK gidroenergetika sohasida xususiy sektor bilan hamkorlik qilayotgani haqida ma'lumot berildi.

Tomonlar sog‘liqni saqlash va ta'lim bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, xususan, mamlakatimizning turli hududlarida maktablar va ko‘p tarmoqli klinikalar qurish jihatlariga alohida e'tibor qaratdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma hamkorlikni davom ettirish va o‘zaro manfaatli loyihalar ko‘lamini kengaytirishga kelishib oldilar. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page