Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

Economymoliyapress

Joriy yilning 25-yanvar kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida Xalqaro Mehnat Tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Olga Kulayeva hamda vazir o‘rinbosari Jamshid Abruyev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda vazirlik tomonidan Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy hizmatlari tarmoqlarida budjet siyosati departamenti direktori Gulnora Murodova, Xalqaro moliyaviy munosabatlar departamenti direktori Ajiniyaz Kaypnazarov, Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuhrat Matkarimov hamda XMTning O‘zbekistondagi milliy koordinatori Azizxon Xanxodjaevlar ishtirok etdilar.

Dastavval XMT bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati va kelgusidagi rejalar yuzasidan so‘z yuritildi. Xususan, XMT ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Olga Kulayeva tomonidan mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilgan islohotlar yuqori baholanib, XMT va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kelishilgan 2022-2023 yillarga munosib mehnat dasturi doirasida ijtimoiy himoya sohasida alohida hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga mamlakatimizda Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini amalga oshirish borasida, hozirgi kunda ijtimoiy sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich choralar aniq belgilanganligi hamda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilganligi, shuningdek, homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash va to‘lashning yangi tartibi joriy etilayotganligi yuzasidan ma'lumot berib o‘tildi.

Tomonlar hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma'lumotlar muntazam kuzatilib borilishi va vazirlikning veb-saytida e'lon qilinayotganlini ta'kidlab, kelgusida ushbu vazifani samarali bajarish uchun sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkonini yaratish, ma'lumotlar tahlilini raqamlashtirish yuzasidan XMT texnik va metodologik ko‘magi yordamida “Ijtimoiy himoya observatoriyasi” modulini tashkil etish yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar aholini ijtimoiy himoya sohasidagi loyihalar ko‘lamini kengaytirish va hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan kelishib oldilar.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati



Report Page