Xalqaro Dorululum Istanbul qabuli 2022

Xalqaro Dorululum Istanbul qabuli 2022

Xalqaro Dorululum Istanbul


O’zining fazli va marhamati bilan ilm ahlini darajasini oliy qilgan Alloh taologa madlar bo’lsin.

.{ ‏‏يَرْفَعِ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَالَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ دَرَجَاتٍ }

Kim ilm talab qilib yo’lga chiqadigan bo’lsa, Alloh taolo unga jannat yo’lini oson qilib qo’yishi xabarini bergan sevikli Payg’ambarimiz Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga salavot va salomlar bo’lsin.

منْ سَلَكَ طَريقًا يَبْتَغِي فِيهِ علْمًا سهَّل اللَّه لَه طَريقًا إِلَى الجنةِ.

Qadim Buxoro madrasasi, Shom madrasasi va Hind madrasasining boy tajribalarini o’zida mujassam qilgan Dorululum Istanbul oliy islomiy ta’lim dargohi katta kurslar uchun qabullarini boshlaydi.

Dorululum Istanbul butun dunyo talabalariga eshiklarini ochadi. Arab va ajam talabalar Istanbulning mashhur shayxlarida ta’lim dargohimizda to’liq arab tilida ta’lim olishlari mumkin.

1.                 Ta’lim 5 yil davom etib, olti yili Shayx Taqiy Usmoniy hazratlari huzurida kutubi sitta o’qiladi.

2.                 Katta kurslar uchun ta’lim mutlaqo bepul bo’lib, to’lov talab qilinmaydi.

3.                 Tolibi ilm uch mahal taom bilan ta’minlanadilar.

4.                 Iqoma, yotoqxona, kitob kabi xarajatlar talaba tomonidan to’lanadi. Dorululum Istanbul katta sinflarni bu yil joy bilan ta’minlay olmaydi.

Umumiy qabul shartlari quyidagilar:

1.                 Talaba 16-25 yosh bo’lsin. Iste’dodli talabalar yoshi istisno qilinadi.

2.                 Darslar 100% arab tilida arab shayxlar tomonidan o’tkaziladi. Shu sababli talaba arab tilini (sarf, nahv, lug’at va muhovara) mukammal bilishi, arab tilida bemalol muloqot qila olishi shart.

3.                 Maktab va boshqa ta’lim dargohlarini oliy baholarga bitirgan bo’lishi, ilm olish uchun zehnli va qobiliyatli bo’lishi shart.

4.                 Ilm olish uchun butun vaqtini ajrtgan bo’lishi kerak. O’qishdan boshqa ishlar bilan mashg’ul bo’lishiga aslo izn berilmaydi.

5.                 Ilm olish uchun muammo tug’diradigan bemorliklardan salomat bo’lishi kerak.

6.                 Ilm olish borasida qat’iy qarorga kelgan bo’lishi shart. Agar ikkilanayotgan bo’lsa, qat’iy qaror qabul qilganda topshirishi kerak.

7.                 Dorululum Istanbulda ta’lim olishga qat’iy qaror qabul qilgan bo’lsin. Agar ikkilanayotgan talabalar qabul qilinmaydi.

8.                 Qabul imtihonlarimizdan to’liq o’tgan talabagina o’qish imkonini qo’lga kirita oladi.

9.                 Tolibi ilmga lozim bo’lgan axloq bilan xulqlangan bo’lishi, mukammal tirishqoq harakatchan bo’lishi shart.

10.             Dorululum Istanbul ta’lim dargohi qonun-qoidalariga to’liq amal qilishi shart. Ayniqsa biror darsni qoldirmasligi, darslarning hammasiga to’liq qatnashishi, go’zal xulq egasi bo’lishi, mukammal ijtihod qilib o’qishi kerak.

Bitirish:

1.                 Bitiruvchilarga ijozat egasi bo’lgan ulug’ ustoz va shayxlar tomonidan ilmiy ijozat beriladi.

2.                 Imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tgan bitiruvchilarga bakalavr diplomi, oltichi kursni bitirganlarga magistrlik diplomi beriladi.

3.                 Qabul imtihoni Istanbuldan tashqaridagilarga onlayn tarzda amalga oshiriladi.

4.                 Talaba imtihondan muvaffaqiyatli o’tgach Istanbulga yetib gelgandagina Dorululum Istanbul talabasi hisoblanadi. Yetib kelmagan talaba Dorululum talabasi hisoblanmaydi.

5.                 O’qish davomida talaba iqoma olishi shart bo’ladi. Iqoma xarajatlari talabaning o’ziga oid.

6.                 Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan talaba ikkinchi, uchinchi yoki to’rtinchi kursga kirishi mumkin. SHarti shuki avvalgi kurslarda yodlanishi kerak bo’lgan Qur’on poralari va matnlarni yodlab topshirishi kerak.

7.                 Bu programma faqatgina o’zbeklar uchun maxsus emasdir.

8.                 Ta’lim dargohimiz Istanbul Fotıh masjidi oldida joylashgan bo’lib, zabardast olimlarning msjis va yig’ilishlaridan iste’foda qilgan holda ilm olishingiz mumkin.

9.                 Qabul 25 Sentabr 2022 yilgacha davom etadi. Iste'dodli talabalarga istesno qilinadi.

10.             Qabul uchun quyidagi raqamga Whatsapp orqali yozing: +90 531 962 8567 (Shayx Abdullah Havsi. Arab tilida yozing.)

Darslar quyidagi shayxlar tomonidan o’qitiladi:

1. Shayx Dr. Xolid Xarsa.


2. Shayx Dr. Ahmadul-Ahmad.


3. Shayx Dr. Fayiz Ivad.


4. Shayx Dr. Ahmad Fozil.


5. Shayx Dr. Mahmud Dahla.


6. Shayx Dr. Ayman Jammal.


7. Shayx Dr. Nadir Abu Umar.


8. Shayx Dr. Mujir Alxatib.


9. Shayx Dr. G’assan Harun.


10. Shayx Dr. Ahmad Riza.


11. Shayx Zakvan.

12.             Shayx Umar Alhasan.

13.             Shayx Hasan Abul-Makarim.


O'qitiladigan darslar:



Report Page