Xalq roziligi yo'lida

Xalq roziligi yo'lida


Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar ishtirokida Namangan viloyati, Pop tumani, G'urumsaroy qishlog'i, "Bog'" va "Toshqo'rg'on" mahalla fuqarolar yig'inlarining fuqarolari uchun  “Kadastr idoralari-xalq xizmatida” mavzusida aholi vakillari, mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokim yordamchilari hamda mahallada istiqomat qiluvchi 34 nafar fuqarolar ishtirok etdilar. 

Mas’ul xodimlari tomonidan, ishtirokchilarga kadastr yo‘nalishi bo‘yicha so‘ngi yillarda qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati xalqchil tilda tushuntirildi. 

Tadbirda asosiy e’tibor aholini kadastr sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi birgalikda kurashishga qaratildi. 

Shuningdek, kadastr idoralari xodimlari tomonidan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, tamagirlik kabi korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga birgalikda kurashish lozimligi ta’kidlandi.

Ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berilib, kadastr masalasi yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi. Ushbu murojaatlarning 11 tasiga shu joyning o'zida yechim topildi, 5 tasiga huquqiy tushuncha berildi, 4 nafar murojaatchining masalalari viloyat boshqarmasi nazoratiga olindi. 

Bunday jonli muloqotlar viloyatimizning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

 

Matbuot xizmati.

Report Page