Xalq roziligi oliy maqsad

Xalq roziligi oliy maqsad

Jizzax voliyat adliya boshqarmasi


Jizzax shahridagi "Bog'ishamol" MFY aholisi uchun viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Unda boshqarma boshlig'i A.Ergashev, Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullaev va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida 40 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. SHu sabab har bir masalaga huquqiy tushuntirish berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali ham ularni bartaraf etish mumkin. Shu sabab dastlab eng ko'p murojaat kelib tushadigan masalalarni tartibga solib beruvchi qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.

Yechimi vaqt talab etadigan masalalar ish yurituviga olindi, mutasaddilar bilan birgalikda yechimini ta'minlash borasida ishlar tashkil etiladi.

Murojaat yo'llagan fuqarolarning sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida joyiga chiqqan xolda o'rganish olib borildi. Muammolarni bartaraf etish bo'yicha anik chora-tadbirlar ko'rilishi belgilandi.

Sayyor qabul davomida davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilishi ham ta'minlandi.

Report Page