Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining navbatdagi VI/LXXVII sessiyasi boʻlib oʻtdi

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining navbatdagi VI/LXXVII sessiyasi boʻlib oʻtdi


Kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha, tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Miliyevning "Zangiota tumani IIB boshligʻining II- chorak mobaynida jinoyatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha amalga oshirgan chora tadbirlari" yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boyicha

qoʻshimcha chora-tadbirlar" yuzasidan tuman hokimining Qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Qahhor Mahmudov soʻzga chiqdi.

Kun tartibidagi masalalardan yana biri "Toshkent viloyati maxsus prokuraturasining 2024-yil 4-iyuldagi 17/31-24-sonli deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olish" toʻgrisidagi taqdimnoma haqida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi Odob-axloq masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi Shodiya Umarxodjayeva fikrlari muhokama qilindi.



Report Page