Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 95 - sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 95 - sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi

⚡ Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi to‘qson beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Bu safargi sessiya davomida o‘nga yaqin masalalar deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

📌 Dastlab deputatlar Toshkent shahrining xalqaro reytingdagi o'rnini aniqlash bo'yicha “Fitch Rating” reyting agentligi bilan tegishli imzolash to'g'risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” Strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-sonli qarori Toshkent shahrida ijro etilishi to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari – Shakirov Xotambek Anvaroviching hisobotlari eshitildi.

⚡️Shuningdek sessiya davomida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” Strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-sonli qarori Toshkent shahrida ijro etilishi to‘g‘risida Toshkent shahar hokim o‘rinbosari – Xen Aleksey Fedorovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib atroflicha muhokama qilindi.

❗️Sessiyada deputatlar Sektor rahbarlarining hududda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida 2023-yil III-chorak davomida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida 4 ta sektor rahbarlari, hokimning birinchi o‘rinbosari – Xotambek Shakirov, Toshkent shahar prokurori o'rinbosari Ulug'bek Mamarajabov, Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Ikrom Tillayev hamda Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanovlarining hisobotlari deputatlar tomonidan tinglanib atroflicha muhokama qilindi.

✔Sessiya kun tartibidagi Toshkent shahar mahalliy byudjetini tasdiqlash va Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2023-yil 9 oy yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. – Ganiyev Zabihullo Hamidullayevichning hisobotlari deputatlar tomonidan tinglanib atroflicha muhokama qilindi.

🔸Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bu galgi sessiyasida shu va boshqa masalalar deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib chiqildi.

🌐 Bizni kuzatishda davom eting! Toshkent shahar deputatlari faoliyatiga oid eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali bilib olishingiz mumkin!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Report Page