Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining II chaqiriq yetmish birinchi sessiyasi
II chaqiriq yetmish birinchi sessiya 1 Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kambag‘allikni qisqartirishga oid manzilli dasturlarni ijrosi to‘g‘risida sektor raxbarlarining hisoboti.
Hisobot beruvchilar:
Umarxonov Azizxon Sharipxonovich Olmazor tumani xokimi, 1-sektor rahbari
Mannanov Oybek Melsovich - Olmazor tumani prokurori, 2-sektor rahbari
Vafoyev Maxkam Mirjanovich - Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari
Sardjanov Doniyor Baxtiyorovich - Olmazor tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi
PQ-104-sonli qarori ijrosi yuzasidan Olmazor tumanidagi hizmat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PF-175-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Olmazor tumani aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.
Olmazor tumani hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish hamda amaliy yordam berish bo‘yicha tuman ishchi guruhning hisoboti.
2022 yil yakuniga kadar Olmazor tumanidagi “Ayollar daftari”ga va “Temir daftar”ga kirgan oilalarni quyosh suv isitish qurilmasi yoki quyosh panellari bilan beg‘araz ta'minlash masalasi.
Olmazor tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish, ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatilgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish hamda “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi:
Abduraxmanov Anvar Nurpulatovich Olmazor tuman hokimining birinchi o‘rinbosari
3. Olmazor tumanidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muxtoj xotin-qizlarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi:
Dadaxodjayeva Muxarram Esanullayevna Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
4. Olmazor tumani hokimligi investitsiya va tashqi savdo bo‘limining 2022 yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti.
Hisobot beruvchi:
Tadjibayev Sherzod Shuxratovich - Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i
5. Olmazor tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.
Tuman mahalliy byudjet mablag‘larining xarajatlar qismiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
Hisobot beruvchi:
Xatamov Dilshod Faxriddinovich - Olmazor tumani Moliya bo‘limi mudiri
6. Olmazor tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining
2022 yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisoboti.
Hisobot beruvchi:
Rayxonov Xasan Bobomurotovich Olmazor tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori
7. Olmazor tumanidagi 1 hamda 159-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
8. Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari – “Yoshlik” shaharchasi hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida.