Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Jondor tuman hokimligi matbuot xizmati

18-may kuni Jondor tuman hokimligining “Faollar zali”da Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 112-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida 2024 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari,

Jondor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari H.Majitovning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish,

budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish bo‘yicha hisoboti,

Xalq deputatlari tuman Kengashining tuman aholisi, ijtimoiy soha ob’ektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini 2024-2025 yillarda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi, tegishli qarorlar qabul qilinib, Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashi o‘z ishini yakunladi.

Jondor tuman hokimligi matbuot xizmati




Report Page