XVJ missiyasi vakillari bilan uchrashuv

XVJ missiyasi vakillari bilan uchrashuv

MoliyaPress

Joriy yilning 15-noyabr kuni Moliya vazirligida Xalqaro Valyuta Jamg'armasi (XVJ) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Moliya vaziri Timur Ishmetov, vazir o'rinbosari Axadbek Xaydarov va vazirlik departamenti vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, XVJ tomonidan jamg'armaning O'zbekistondagi missiyasi rahbari Ron van Ruden, XVJning respublikamizdagi doimiy vakili Kevin Ross va katta iqtisodchi Kristin Richmond ishtirok etdi.

Ma'lumot uchun: 2022-yil 7-15-noyabr kunlari Ron van Ruden boshchiligidagi XVJ missiyasi O'zbekiston davlat organlari vakillari bilan uchrashuv o'tkazib, hozirgi iqtisodiy vaziyat, siyosatning istiqbollari va ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildi.

Uchrashuvda XVJ vakillarining tashrifi yakunlari bo'yicha tayyorlangan va so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarga yuksak baho berilgan hisobot ko'rib chiqildi. Ron van Rudenning ta'kidlashicha, O'zbekiston iqtisodiyoti yangi qiyinchiliklarga qaramay yuqori ko'rsatkichlarni namoyish etishda davom etmoqda. Pul o'tkazmalari ikki baravar ko'paydi, bu esa davom etayotgan budjetni qo'llab-quvvatlash va barqaror savdo bilan birgalikda iqtisodiy faollik va o'sishga yordam berdi. Natijada, 2022-yilda O'zbekiston iqtisodiyoti qariyb 6 foizga o'sishi kutilmoqda.

Xususiy sektor o'sishni tezlashtirish uchun noqulay omillarga qaramay, tarkibiy bozor islohotlari davom etmoqda. Bu erishilgan ta'sirchan taraqqiyotni hisobga olgan holda, davlatning iqtisodiyotdagi katta rolining pasayishiga va ishbilarmonlik muhitining yanada yaxshilanishiga olib keladi.

Keyingi yil uchun jahon iqtisodiyotining o'sish sur'atlari pasayishi prognoz qilinayotgan vazifalar ham ko'rib chiqildi. Inflyatsiyani yanada jilovlash, pul-kredit va budjet siyosatining tegishli choralarini ko'rish, davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirishni davom ettirish, raqobatni kuchaytirish va biznes uchun teng sharoitlar yaratish, davlat xizmatlarini raqamlashtirishni kengaytirish, savdo integratsiyasi va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi. Amalga oshirilayotgan islohotlarning chuqurlashishi O'zbekistonni 2030 yilga kelib daromad darajasi o'rtacha darajadan yuqori bo'lgan mamlakatga aylantirish bo’yicha maqsadga erishish masalalari o’rganib chiqildi. 

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik yo'nalishlari belgilab olindi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page