XUSUSIY SAYYOHLIK TASHKILOTLARI UYUSHMASINING NAVBATDAGI XAYRIYASI BUXORODA

XUSUSIY SAYYOHLIK TASHKILOTLARI UYUSHMASINING NAVBATDAGI XAYRIYASI BUXORODA

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

Buxoro viloyatida "Koronavirus" pandemiyasi davrida turizm sohasi korxona va tashkilotlariga hamkorlik ko'rsatish borasida doimiy ravishda rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekistondagi Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (XSTU) tomonidan yo'lga qo'yilgan xayriya tadbiridan ko'zlangan asosiy maqsad ushbu sinovli pandemiya davrida mamlakat sayyohlik sanoati vakillarini tobora qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Shu o'rinda, mazkur tashabbus doirasida joriy haftada Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi va Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti mas'ullari tomonidan navbatdagi xayriya tadbiri amalga oshirilib, bunda viloyatdagi 13 ta mehmonxona, 2 ta sayyohlik kompaniyalari va Gidlar tayyorlash markazi vakillariga shaxsiy himoya hamda antiseptik vositalari topshirildi.

Jumladan, aksiya doirasida viloyatdagi "Grand Buxoro", "Turon Plaza", "Orient star Varaxsha", "Parvina Hotel", "Darvozai Moxi-xosa", "Bahor", "Shaxribonu", "Royal Garden Real", "Cristall", "Sahid Zarafshon", "Grand Emir residens", "Rangrez", "Metric Ventures" kabi mehmonxonalar barobarida, "Ark Travel" va "Anor Travel" sayyohlik kompaniyalari hamda Gidlar tayyorlash markazi singari sayyohlik tashkilotlari zaruriy himoya va antiseptik vositalari bilan taʼminlandi.

✍️ Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

📌 A’zo bo‘ling: https://t.me/bukhtourism

ОЧЕРЕДНАЯ БЛАГОТВОРИТЕЛЬНАЯ АКЦИЯ АССОЦИАЦИИ ЧАСТНЫХ ТУРИСТИЧЕСКИХ ОРГАНИЗАЦИЙ В БУХАРЕ

В Бухарской области в период пандемии "коронавируса" постоянно ведется планомерная работа по оказанию сотрудничества предприятиям и организациям сферы туризма. В частности, основная цель благотворительного мероприятия, организованного Ассоциацией частных туристических организаций Узбекистана (AЧТО) , заключается в поддержке представителей туристической индустрии страны в период пандемии. 

В рамках данной инициативы на текущей неделе ответственными лицами Ассоциации частных туристических организаций и департамента по развитию туризма Бухарской области было проведено очередное благотворительное мероприятие, в ходе которого представителям 13 гостиниц, 2 туристических компаний и Центра по подготовке гидов были вручены средства индивидуальной защиты и антисептики.

В частности, в рамках акции отели "Grand Buxoro", "Turon Plaza", "Orient star Varahsha", "Parvina Hotel", "Darvozai Moxi-hosa", "Бахор", "Шахрибону", "Royal Garden Real", "Кристалл", "Sahid Zarafshon", "Grand Emir Residence", "Rangrez", "Metric Ventures", а также туристические компании "Ark Travel" и "Anor Travel" и уристические организации, как центр подготовки гидов были обеспечены необходимыми защитными и антисептическими средствами.

✍️ Пресс-служба департамента по развитию туризма Бухарской области

📌 Присоединяйтесь: https://t.me/bukhtourism

Report Page