XUSH KELDING BUXOROGA JERAR DEPARDYE!

XUSH KELDING BUXOROGA JERAR DEPARDYE!

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati

Avval xabar qilganidek, mashhur fransuz aktyori va O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi Jerar Depardye mamlakatimizga ijodiy tashrifi davomida ayni damda Buxoro viloyatiga ham yetib keldi.

Fransuz telekanallarida videoroliklar tayyorlash orqali sayyohlik potentsialini oshirish va O‘zbekistonning ijobiy imidjini targ’ib qilishni maqsad qilgan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “B-Tween” fransuz ishlab chiqarish kompaniyasi bilan birgalikda “Paris Premiere” telekanali uchun “Ipak yo'li” hujjatli filmini tayyorlash rejasini ishlab chiqargan edi. Mazkur filmda Fransuz aktyori Jerar Depardye bosh rolni ijro etishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, O‘zbekiston haqidagi hujjatli film suratga olish ishlari uchun aktyor Buxoroga keldi.

Mashhur aktyor Buxoro shahar hokimi Karim Kamolov tomonidan Kogon Temir yo‘l vokzalida karnay-surnay sadolari ostida, tantanali kutib olindi.

So‘ngra, nufuzli mehmon “Shahriston” mehmonxonasiga joylashar ekan, “Ko‘plab ekspertlarning taʼkidlashicha, O‘zbekiston musulmon dunyosi uchun insonparvarlik rivojlanish modelining poydevorini qo‘ymoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston azaldan olimlar va buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirgan zamin ekanligini, «VIII asrdan beri bu yerda noyob intellektual muhit yaratilgan bo‘lib bunda Naqshbandiyning eng katta sufiylik nishoni ham muhim ahamiyat kasb etadi”, - deb ta’kidlaydi.

Shuningdek, aktyor “Poyi Kalon” majmuasida ham bo‘lib, ayni madaniy meros ob’yektining tarixiy josibadorligi guvohiga aylandi.

Shundan so‘ng “Old Bukhara” restoranida Buxoroning milliy “Sofi Oshi”ni tayyorlash mahorat darsida ham ishtirok etdi. “Viloyatingiz obidalarining qadimiy bejirim qiyofasi bilan tanishish barobarida xalqingizni mehmondo‘stligiga yana bir karra amin bo‘ldim, ayniqsa Buxorocha ohanglar sehri va milliy shirinliklaru xushtam choy va totli mevalar meni maftun etganini alohida ta’kidlab o‘tishim zarur” – deydi aktyor.

Ma’lumot o‘rnida: Jerar Depardye ishtirokida hujjatli filmni suratga olish tashkilotchilari sifatida «O‘zbekkino», Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tashabbus ko‘rsatmoqda. Filmni suratga olish jarayonlari O‘zbekistonning 5 ta shahri - Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Nukusda olib boriladi. O‘zbekistonda filmlarni suratga olish ishlari joriy yilning 6-26 noyabr kunlarigacha davom etishi rejalashtirilgan. Fransiyadagi mashhur kanallardan birida taniqli fransuz aktyori ishtirokida mamlakatimiz haqidagi hujjatli film namoyish etilishi fransuz jamoatchiligini o‘zbek xalqining madaniy-tarixiy merosi va an’analari bilan tanishtirishga yordam beradi, albatta. 

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati

📌 A’zo bo‘ling: https://t.me/bukhtourism

Report Page