XOTIRANI YAXSHILASHNING 11 USULI
Aziza PulatovaMa'lumotlarni qisqa xotiradan uzoq muddatli xotiraga muvaffaqiyatli ko'chirish uchun sizdan ma'lum darajadagi urinishni talab etadi. Keyingi muhim imtixon oldidan xotirani kuchaytirishning tadqiqotlar asosida tasdiqlangan usullari va strategiyalarni ko'rib chiqing.

1. DIQQATNI JAMLANG
■ Ma'lumotning qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o'tishi uchun siz bu ma'lumotga faol e'tibor berishingiz muhim. Televizor, musiqa va turli chalg'ituvchi narsalar mavjud joyda o'qimaslikka harakat qiling.
Yolg'iz qolishingiz uchun o'zingizga vaqt ajrating.

2. BARCHA MATERIALLARNI BIR VAQTDA O'QISHDAN CHEKLANING
■ Izlanishlar shuni ko'rsatadiki, doimiy o'qib boruvchi talabalar o'quv materiallariga marafon sifatida qarovchi talabalardan ko'ra yaxshiroq eslab qolishadi.

3. MA'LUM STRUKTURA YOKI TARTIBGA SOLING
■ Tadqiqotchilar xotiramizdagi ma'lumotlar, ularning bir-biriga o'xshashlik darajasiga ko'ra tashkil etilganligini aniqladilar. Bundan siz o'rganayotgan materiallarni struktura va tartibga solish orqali foydalanishingiz mumkin. Bir-biriga o'xshash tushunchalarni va atamalarni guruhlarga ajratib ko'ring.

4. MNEMONIK YOD OLISH USULLARIDAN FOYDALANING
■ Mnemonik yod olish usullari- bu shunchaki ma'lumotni eslab qolishning bir usuli. Masalan, siz eslashingiz kerak bo'lgan atamani siz judayam yaxshi tanish bo'lgan element bilan bog'lashingiz mumkin. Eslab qolishga yordam beradigan qofiya, qo'shiq yoki hazil-mutoyiba o'ylab ko'ring.

5. PUXTA O'RGANING
Ma'lumot yaxshi esga olinishi uchun, u uzoq muddatli xotirada mavjud bo'lishi kerak. Uzoq muddatli xotiraga ma'lumotlarni kiritishning eng samarali usullaridan biri puxta o'rganish. Biror tushunchani esda olib qolish uchun qancha ko'p shu tushuncha ma'nosiga ahamiyat bersangiz uning xotirada qolishi osonlashadi. (Bu jarayon qancha chuqurroq qazishingiz, siz izlayotgan quduqdan suv olishingiz imkoniyati shuncha kengayishiga o'xshaydi)

6. Ko'pchilik o'rgangan ma'lumotlarini vizual ravishda ko'rishdan katta foyda oladi
Darsliklaringizdagi fotosuratlarga, jadvallarga va boshqa grafik jadvallarga e'tibor bering. Agar sizga yordam beradigan vizual ko'rsatmalar bo'lmasa, o'z rasmlaringizni yaratishga harakat qiling.

7. Notanish materialni o'rganayotganda, ushbu ma'lumot allaqachon siz bilgan narsangiz bilan bog'liqligi haqida o'ylashga vaqt ajrating.
■ Yangi fikrlar va ilgari mavjud bo'lgan xotiralar o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish orqali siz yaqinda o'rganilgan ma'lumotni keyinchalik esga olish ehtimolini sezilarli darajada oshirasiz.

8. OVOZ CHIQARIB O'QING
■ 2017 yilda nashr etilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ovoz chiqarib o'qish-o'qilgan materiallarning xotirada qolishini sezilarli darajada yaxshilaydi. O'qituvchilar va psixologlar, talabalarga haqiqatdan ham yangi tushunchalarni boshqalarga o'rgatish, ularni tushunish va esga olishni yaxshilashini ta'kidlaydilar.

9. QIYIN MA'LUMOTLARGA ALOHIDA E'TIBOR BERING
Hech e'tibor berganmisiz bo'lim boshidagi va oxiridagi ma'lumotlarni eslab qolish ancha oson?
Tadqiqotchilar ma'lumot ketma-ketligi uning esga olinishida muhim rol o'ynashini aniqladilar va bu jarayon ketma-ket pozitsiya effekti nomi bilan ma'lum.
O'rtadagi ma'lumotlarni qaytarishga qo'shimcha vaqt sarflash orqali bu muammoni hal etishingiz mumkin. Yana bir strategiya bu, eslab qolish oson bo'lishi uchun o'rgangan narsalaringizni qayta strukturaga solishga urinish. Siz uchun juda qiyin tushunchaga duch kelgan holatda ma'lumotni yodlashga qo'shimcha vaqt ajrating.

10. Yana bir ajoyib usul- o'qish jarayonidagi tartibini o'zgartirib turish.
Agar bir joyda o'qishga odatlanib qolgan bo'lsangiz, uni o'zgartirishga harakat qiling. Kechqurun o'qishga odatlangan bo'lsangiz har kuni ertalab bir necha daqiqa undan oldingi kun o'qigan ma'lumotlarni ko'rib chiqing.
O'quv jarayoniga biron-bir yangi elementni qo'shish orqali siz harakatlaringiz samaradorligini oshirishingiz va uzoq muddatli eslab qolishingizni sezilarli darajada yaxshilashingiz mumkin.

11. UXLAB OLISH
●Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yangi narsalarni o'rganganingizdan keyin ozroq uxlab olish tezroq o'rganishga va eslab qolishingizga yordam beradi.
Maqola VerywellMind saytidan olindi.