XOTIRA ABADIY— QADR MUQADDAS!⚡

XOTIRA ABADIY— QADR MUQADDAS!⚡

Нилюфар Фарходова

Joriy yilning 10-may kuni 9-may "Xotira va qadrlash kuni" ga bag'ishlab Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida "Ma'rifat soati" o'tkazildi.

Suhbat davomida fakultet Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari N.O.Safarova tomonidan ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidaligi aytib o'tildi.

Yoshlarimiz ongu shuurida o‘tganlarni xotirlash, tiriklarni qadrlashdek insoniy fazilatlar tobora mustahkam muhrlanmoqda. Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo‘lida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi va ertangi kunimizni qadrlashga o‘rgatadi.

Report Page