“XOSIYATLI” MAHALLASIDA TARG’IBOT TADBIRI BO’LIB O’TDI

“XOSIYATLI” MAHALLASIDA TARG’IBOT TADBIRI BO’LIB O’TDI


Poytaxtimizda 575 dan ziyod mahallalar mavjud boʻlib, joylardagi jami 2 933 dona gaz taqsimlash punkti, shulardan 121 dona yuqori va 2 812 dona oʻrta bosimli gaz taqsimlash qurilmalari orqali 650 mingga yaqin isteʼmolchilarga bir meʼyorda tabiiy gaz yetkazib beriladi. 

Xonadonlarga bir meʼyorda yetkazib berilayotgan gazdan har bir isteʼmolchi toʻgʻri foydalanishi lozim. Gaz taʼminoti korxonasi esa buni doimiy nazoratga olib, aholi xonadonlaridagi gaz tarmoqlarini tekshirib boradi. Qolaversa, xonadonlardagi gaz tarmoqlarini nazorat qilish va ularni oʻz vaqtida taʼmirlash - tiklash, noqonuniy ulanishlarni aniqlash kabi vazifalar ham mavjud. Soha xodimlari tomonidan mazkur gaz jihozlarini texnik taftishdan oʻtkazish bilan birga, joylarda is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha targ’ibot tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Shu kabi tadbirlarning navbatdagisi Yashnabod tumanida bo’lib o’tdi. Tadbirda “Yashnabodtumangaz” gaz ta’minoti bo'limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi hamda bir qator hamkor tashkilotlar ishtirok etdi. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad aholi xavfsizligini ta'minlash bo’lib, xonadonma – xonadon yurib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Isteʼmolchilar diqqatiga:

- xonadoningizdagi gaz jihozlari va quvurlarni vaqtida nazoratdan oʻtkazib boring;

- gaz asboblariga rezina shlang hamda shu kabi qoʻlbola vositalarni ulash va ochiq olovli gaz plitalaridan xonani isitish maqsadida foydalanmang;

- tabiiy gazdan zaharlanish va gaz isitish asboblaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishingiz talab etiladi;

- gaz bilan bogʻliq noxush holatlarni sezsangiz “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialining “Avariya dispetcherlik” xizmatiga (71) 255 - 44 - 27, 255 - 44 - 29, 253 - 56 - 31, “104” va “Call – Markaz” ga bogʻlanish uchun (55) 503 - 28 - 28 raqamlariga murojaat qiling.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati




Report Page