XORAZMDA MAKTAB O‘QUVCHISI CHO‘KAYOTGAN AYOL HAYOTINI SAQLAB QOLDI

XORAZMDA MAKTAB O‘QUVCHISI CHO‘KAYOTGAN AYOL HAYOTINI SAQLAB QOLDI

#Zamonamiz_qahramonlari

Dars mashg'ulotlarini tugatib, uyiga shoshib ketayotgan Jamshidbek Shovot kanali ko‘prigidan o‘tayotib, suv yuzida qalqib kelayotgan allaqanday narsaga ko‘zi tushadi. Diqqat bilan nazar solsa, ayollar kuylagiga o‘xshaydi. Kuylak ichida ayrim harakatlarni ham sezgan Jamshid ayol kishining cho‘kayotganligini sezib qoldi va unga yordam berishga shoshiladi. Biroq to'lqin cho‘kayotgan ayolni kanalning o‘rta qismiga torta boshlaydi.

Vaziyatdan qo‘rqib ketgan Jamshid atrofdagi odamlarni yordamga chaqira boshlaydi. Biroq uni hech kim eshitmaydi.

Vaqtni boy bermaslik va ayolni tezroq qutqarish maqsadida shu manzil yaqinida joylashgan ovqatlanish shahobchasiga kirib, u yerda o‘tirgan odamlarga vaziyatni tushuntiradi. Holatni to‘g‘ri anglagan insonlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib, cho‘kayotgan ayol haqida ma’lumot berishadi.

Tezda yetib kelgan mas’ul xodimlar ayolni suvdan olib chiqib, birinchi yordamni ko‘rsatishadi va kasalxonaga joylashtiradilar.

Bugungi kunda ayolning ahvoli yaxshi. U Jamshidbekdan juda minnatdor.

Jamshidbek yurtining haqiqiy vatanparvar va fidoyi farzandi ekanligini isbotlab, inson hayotini qutqarib qolish uchun jasorat ko‘rsatdi.

Bugun Urganch shahar 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir Jamshidbek ko‘rsatgan qahramonlikka bag‘ishlandi.

U tengdoshlariga namuna qilib ko‘rsatildi.

Maktabning 8-sinf o‘quvchisi Jamshidbek Axmedov viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Istagimiz, Jamshidbek singari tevarak atrofida sodir bo‘layotgan hodisalarga befarq bo‘lmay o‘z vaqtida yechim topa oladigan qahramonlarimiz safi kengayaversin! 

Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Report Page