Al-XORAZMIY IZDOSHLARI XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK QILISHADI

Al-XORAZMIY IZDOSHLARI XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK QILISHADI

Lobar Turayeva PR manager
Khiso o‘quv markazi

Eng oliy maqsad tomon,eng to’g’ri yo’ldan boriladi. Bu yo’lda biz uchun nima muhim: harakat , ishonch va bilim. Faqat eng kuchlilargina tafakkur sinovlarida mukammal bilim orqali g’alaba qozonishi mumkin. Sizni ilhomlantiradigan va motivatsiya beradiganlarning o’zi, sizni topishi uchun,siz ham bir qadam siljishingiz lozim. Soat millariga nazar solar ekanmiz, hayotning qimmatli bir fursati o’z ma’no-mazmunini topgan holda,xotiraga aylangani ko’ramiz. Kitobning har varag’ida navbat kutib turgan bilimlarni egallash uchun, o’zimizda ishtiyoqni shakllantira olishimiz kerak. Butun dunyo sizni tanishi, olqishlashi, qadrlashi uchun Marsga qadam qo’yish yoki suv ostida yangi dunyo kashf qilishga hojat yo’q. Har kuni ma’lum vaqtingizni,sizni qiziqtiradigan bilimlar sarchashmasidan bahramand bo’lish va bilim poydevoringizga yana bir g’isht o’rnatishga sarflasangiz, birinchi navbatda siz dunyoni, so’ngra dunyo sizni taniydi.

Hech bir harakat e’tirofsiz bo’lmagan. Faqat ularning e’tibor markazida o’z o’rni va vaqti bor. Ana shunday vaqt va o’rinni belgilay olgan bir guruh yoshlarimizning mehnati, eng muhimi bilimi o’z natijasini berdi. Joriy yilning 17-18 avgust kunlari 61-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun respublikamizning terma jamoasi tarkibi samarali saralashlar natijasida kuchli guruh sifatida shakllantirildi. Bunda o’z bilimi orqali eng yuqori natijalarni qayd etgan, bir guruh yigitlarning 6 nafari 2020-yil 21-22 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Peterburg shahrida masofaviy shaklda o’tkazilishi rejalashtirilgan 61-Xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilish uchun terma jamoa a’zoligiga qabul qilindi.

Bu yilgi Xalqaro matematika olimpiadasi quyidagi tartibda amalga oshirilishi ko’zda tutilmoqda: ishtirokchilar bilimlarini sinovdan o’tkazish uchun har kuni 3 tadan masala berilib, ularni yechish uchun 4,5 soat ajratilishi belgilangan. Har bitta to’g’ri yechilgan masalalar uchun 7 balldan beriladi. Olimpiada natijalari rasman 28-sentayabr kuni e’lon qilinadi.

61-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Respublikamizning terma jamoasi quyidagi tarkibdan iborat:

Tolipov Diyorbek (Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 5-IDUM 10-sinf o’quvchisi)
Norboyev Jahongir (Buxoro viloyati Peshko’ tumani 18-maktabning 11-sinf o’quvchisi)
Hasanov Shahboz (Buxoro viloyati Qorako’l tumani Akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi)
Mirg’iyosov Ibrohim (Namangan viloyati Namangan shahri NamDU Akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi)
Majidov Muhammadrizo (Toshkent shahar Uchtepa tumani Prezident maktabi 9-sinf o’quvchisi)
Neymatov Eldor (Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-IDUM 11-sinf o’quvchisi)

Ushbu ishtirokchilardan,Norboyev Jahongir va Majidov Muhammadrizolar KHISO maktabida tahsil olgan eng faol o‘quvchilar hisoblanadi.

Rasmda Majidov Muhammadrizo

Terma jamoa a’zolarini butunjahon matematika olimpiadasiga tayyorlashda KHISO maktabimizning o‘qituvchilari ham ishtirok etishadi.

Naslimiz,zehnimiz buyuk ajdodlarga tutash bo’lgan zaminning iste’dodli yigitlarning ushbu nufuzli tanlovda ham eng yuqori natijalarni ko’rsatishlariga umid qilamiz. KHISO maktabi jamoasi ham terma jamoamizga omad tilib qoladi. Zero,Al-Xorazmiy izdoshlariga faqat va faqat g’alaba yarashadi.


Lobar Turaeva 

KHISO maktabi Matbuot kotibi

Khiso o‘quv markazi


Report Page