XORAZMDA “KITOBXONLIK FESTIVALI” BO‘LIB O‘TDI

XORAZMDA “KITOBXONLIK FESTIVALI” BO‘LIB O‘TDI


Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida respublika bo‘ylab “Kitobxonlik festivali” tashkil etib kelinmoqda.

Bugun, 25-iyun kuni Xorazm viloyatida navbatdagi “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi. 

Festivalda Respublika bolalar kutubxonasi hamda viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari, Xalq ta’limi boshqarmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, qator hamkor tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va 500 nafardan oshiq kitobsevar o‘quvchilar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida kitoblar yarmarkasi, turli teatr tomoshalari tashkil etildi.

Shundan so‘ng Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Besh tashabbus” doirasida o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan o‘quvchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Marosimda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va amaliy natijaga erishishda ulkan ishlar amalga oshirilayotganligi va bu sa’y-harakatlar o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatayotganligini e’tirof etib o‘tishdi. 

 


Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi, ma’naviy-ma’rifiy kecha, teatr tomoshalari tashkil etildi. Shuningdek, tanlov va tadbirlarda faol qatnashgan ishtirokchilar Xorazm viloyati xalq ta’lim boshqarmasi va Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan munosib taqdirlandilar.

 

Taniqli estrada xonandalari tomonidan taqdim etilgan kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar festivalga bayramona ruh bag‘ishladi.

 

“Kiobxonlik festivali” chin ma’nodagi kitobsevarlar bayramiga aylandi.





Report Page