XORAZM VILOYATI QO'SHKO'PIR TUMANIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FAOLIYATIDAN

XORAZM VILOYATI QO'SHKO'PIR TUMANIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FAOLIYATIDAN


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 14.04.2022 yildagi PF 106-sonli farmoniga muvofiq tashkil qilingan. Maktabning ochilish tadbiri 2023-yil 23-yanvar kuni bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi o'rinbosari San'at Salayev, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, tizimdagi maktab direktorlari hamda ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.  Ochilish marosimidan so‘ng tashrif buyurganlar maktabda yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazdilar. 

Maktabda jami 14 ta sinf tashkil qilingan bo'lib jami 323 nafar o‘quvchi ta'lim tarbiya olib kelmoqda. Ularga 35 nafar pedagog shundan 19 nafari oliy toifali,  11 nafari 1-toifali, 4 nafari 2-toifali va 1 nafari mutahassis ta’lim tarbiya berib kelmoqda.

Maktab direktori: Bahodir Quriyozov
O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari: Ollomov Xursand
Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari: Bekzod Djabbarov
Ch.Q.B.T rahbari: Shuxrat Sadullayev

O‘quvchilarni har tamonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda:

Xususan, o‘quvchilarni darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida 27 ta fan to‘garaklari, 9 ta besh tashabbus va 2 ta ijodiy to‘garaklar tashkil qilingan bo‘lib o‘quv yili mabaynida to‘liq faoliyat yuritdi.

Bundan tashqari o‘quvchilarning intellektual qobiliyatini shakllantirish va mustahkamlash maqsadida  haftaning har payshanba kuni “Zakovat” intellektual o‘yini va turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.   

Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, biologiya, kimyo, fizika, matematika, o'zbekiston tarixi, ingliz tili va informatika fanlari chuqur o‘rgatiladi. Ushbu fanlarda o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib, ya’ni 12 nafardan o‘qitiladi.

Darslar xalqaro ta’lim dasturlari asosida tuzilgan zamonaviy darsliklardan o‘tiladi. O‘qituvchilar har bir darsini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan samarali foydalangan holda tashkil qilmoqdalar. Ochiq darslar o‘tkazish ham ommalashgan.

Rus tili darsidan lavhalar


STEAM fan olimpiadasidan lavhalar


Urganch Davlat Universitetida matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab o'tkazilgan xotira turnirida Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari ham faol ishtirok etishdi.  

 5-A sinf o'quvchisi Sultonov Dilmurod faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritib diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ushbu maktabning yana 3 nafar o'quvchilari:    

5-A sinf o'quvchisi Rahimberganova Muslimaxon, 5-A sinf o'quvchisi Matrasulov Muhiddin, 6-A sinf o'quvchisi Beknazarov Rahimboylar ham faol ishtiroki uchun sertifikat va sovg'alarga ega bo'lishdi.

Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida tanlovlar va ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar ham muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha turli to‘garaklar tashkil qilingan.

“Zakovat” intellektual klubi faoliyatidan lavhalar

Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ma'naviy-ma'rifiy ishlar doirasida ham muntazam ravishda tadbirlar va adabiy-badiiy kechalar, davra suhbatlari va uchrashuvlar, tanlov va bellashuvlar yuqori saviyada o‘tkazilib kelinmoqda.

Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirdan lavhalar
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirdan lavhalar
Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirdan lavhalar
Maktabimizda o‘tkazilgan “Navro‘z” saylidan lavhalar
9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan maktabning faol o'quvchilari tuman markazida joylashgan "Motamsaro ona" xaykali poyiga gul qo'yishdi.
O'quvchilarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida o‘tkazilgan davra suhbatlaridan lavhalar



OTMga tayyorgarlik jarayonidan lavhalar

“Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi  PF-106-sonli Farmonining 3-bandiga asosan Agentlik maktablarida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 10- va 11-sinf o‘quvchilariga yaqin hududlarda joylahgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibini joriy etish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan maktab maslahatchisi Islombek Yusupov boshchiligida 10-11-sinf o‘quvchilari Qo'shko'pir tuman tibbiyot birlashmasi, "Qo'shko'pir Teks M.Ch.J." va Qo'shko'pir tuman WBM klaster M.Ch.J ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. O‘zlari ham bu ishlarni amalda bajarib ko‘rishdi. 

10-11-sinf o‘quvchilarining amaliyot o‘tash jarayonlaridan lavhalar
O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash jarayonidan lavhalar

Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quv majmuasi o‘quv auditoriya xonalari, kutubxona, oshxona, suniy qoplamali sport maydonchasi va sport zallaridan tashkil topgan. Alohida e'tibor qaratish lozim bo‘lgan soha bu - sport. O‘quvchilarning sog‘lom ulg‘ayishi, qiziqishlaridan kelib chiqib sportning ma'lum turi bilan shug‘ullanishi uchun, albatta, sport zallari va jihozlari kerak. Maktabda qishki va yozgi sport maydonlari bor. Yuvinish va kiyinish xonalari o‘g‘il bola va qiz bolalar uchun alohida. Shug‘ullanish uchun jihozlar yetarli. Bunday sharoitda ulg‘aygan yoshlar sog‘lom tanli hamda sog‘lom fikrli bo‘lib ulg‘ayadi.

Hamkor tasahkilotlar va xuquqni muxofaza qiluvchi tashkilotlar bilan muntazam ravishda davra suxbatlari va uchrashuvlar tashkil qilib kelinmoqda
Maktabda o‘tkazilgan sport tadbirlaridan lavhalar
Milliy Gvardiya tuman bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sport tadbirlaridan lavhalar


FVV tuman bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan davra suhbatlaridan lavhalar


“Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiridan lavhalar



Maktabning asosiy maqsadi:

  • o‘quvchilarni aniq va tabiiy fanlardan chuqurlashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish,
  • ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash,
  • yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
  • olimpiadalarda, tanlovlarda g‘olib bo‘ladigan va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kira oladigan o‘quvchilarni, kelajak yetakchilarini tayyorlashdir.

 Umid qilamizki, bu ta'lim maskanida bilimga chanqoq yoshlar jonkuyar ustozlar qo‘lida ta'lim olib, yurtimizning ertasi uchun zarur kadrlar bo‘lib yetishadilar. 


Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi telegram sahifasi :
https://t.me/qushkupirPIIMAschool


Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi:
https://t.me/piima_xorazm



Report Page