XONADONIDA OHAK ISHLAB CHIQARGAN FUQARO 90 MILLION SO‘MGA YAQIN ZARAR KELTIRGAN

XONADONIDA OHAK ISHLAB CHIQARGAN FUQARO 90 MILLION SO‘MGA YAQIN ZARAR KELTIRGAN


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining Yuridik shaxslarga tabiiy gazni yetkazib berishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan "O‘zneftegazinspeksiya"si viloyat hududiy boshqarmasi hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda Andijon tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida Andijon tumanining “Qumko‘cha” mahalla fuqarolar yig‘ini “Rovvot” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. xonadonida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida yashirin yo‘llar bilan, tabiiy gaz hisoblagichisiz, gaz tarmog‘iga polietilen quvur yordamida noqonuniy ulanib, 4 dona qo‘lbola yondirgich hamda 1 dona gazso‘rg‘ichdan foydalangan holda ohak pishirilayotganligi aniqlandi. Tabiiy gaz bosimi yong‘ichdan o‘lchanganda, bosim 120 mm suv ustunini ko‘rsatdi. 

Hozirda mazkur iste'molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, iste'moliga nisbatan 89 ming 741 metr-kub gaz hajmi hisoblanib, gaz ta'minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 89 million 741 ming so‘mni tashkil etdi.

Yuqorida qayd etilgan holat bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirildi.


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page