XOJATXONA QOG'OZI VA QOG'OZ SOCHIQCHALAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

XOJATXONA QOG'OZI VA QOG'OZ SOCHIQCHALAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

www.dastgoh.uz

Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko'p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog'ozi ishlab chiqarish liniyasini so'rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo'ljallangan. "ONE STEP SOLUTION" XK sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o'tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo'lgan xojatxona qog'ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta'minlovchi bo'lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o'ziga o'zi savol berishi lozim bo'ladi, ya'ni nega Rossiya davlatining o'zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug'iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog'ozlarini ma'qul ko'rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog'ozi va qog'oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o'tamiz.

www.dastgoh.uz

Biz sizlarga doim tanlash imkoniyatini taqdim etamiz. Quyidagi jadval yordamida siz ikkilamchi xomashyodan va selyulozadan tayyorlangan xojatxona qo'g'ozining solishtirma jadvali orqali xulosa chiqarishingiz mumkin bo'ladi.

www.dastgoh.uz
www.dastgoh.uz

KATTA O'RAMDAN KICHIK O'RAMGA O'RAB BERISH USKUNASI

Avvalambor ishni boshlashdan avval siz nechi qavatli xojatxona qog'ozi ishlab chiqarishni rejalashtirib olishingiz lozim. Hozirda yurtimizda ishlab chiqaruvchilar 1,2 va ayrim hollarda 3 qavatli qilib ishlanganlariga ko'zimiz tushadi. Eng keng tarqalgani bu albatta 2 qavatli hisoblanadi. Sizga taqdim qiladigan uskunamizda siz 1;2;3 qavatli qilib qilishingiz mumkin. Talabga ko'ra sizga qo'shimcha haq evaziga naqsh bosivchi maxsus valli qism qo'shib berishimiz mumkin.

www.dastgoh.uz
www.dastgoh.uz
Naqshlar uchun na'munalar

Naqshlarning sizning talabingizdan kelib chiqqan holda boshqa ko'rinishda ham yoki biror firma nomi yoki logo o'rnatish ham mumkin.

KICHIK O'RAMNI KESIB BERISH USKUNASI

Yuqoridagi uskuna hosil qilgan kichik rulonlarni ushbu arra maxsus kichik hajmga bo'lib berish uchun xizmat qiladi. Agar siz xojatxona qog'ozi qilmoqchi bo'lsangiz uzunligi 10-12 sm uzunlikda kesish lozim, bordiyu qog'oz sochiqchalar ishlab chiqarmoqchi bo'lsangiz uzunroq qilib kesish lozim bo'ladi. Bu uskunani ichki vtulkaga ega va vtulkasiz xojatxona qog'ozlari uchun ham ishlatish mumkin.

www.dastgoh.uz
www.dastgoh.uz

DONALI QADOQLASH UCHUN MAXSUS DAZMOLLASH USKUNASI

Ushbu uskuna yordamida bizda hali qilinmagan va insonlarga kerakli bo'ladigan bir yoki ikki dona xojatxona qog'ozini qadoqlash mumkin. Axir har bir ishni qilishda talab hisobga olinishi lozim, donali qadoqlangan mahsulot tog'larga yoki boshqa joylarga sayohat qilish paytlarida qo'l kelishi mumkin. Shuningdek ushbu uskuni siz boshqa mahsulotlarni (salfetka, konvert qilib yopiluvchi boshqa mahsulotlar) qadoqlashda ham ishlatish imkoniga egasiz.

www.dastgoh.uz

TO'PLAM QILIB QADOQLASH USKUNASI

Oxirgi bosqich esa doimgidek mahsulotni xaridorga qulay qilib yetqazish uchun blok qilib qadoqlash uskunasidir. Bunda siz istiqomad qilayotgan va mahsulotingizni sotishni rejalashtirgan hududdagi xaridor talablaridan kelib chiqib, 2;4;6;8 tagacha qadoqlash mumkin. Siz qadoqlash paketini buyurtma qilganingizda unga qo'l bilan ushlash qulay bo'lgan teshiklar qoldirish esdan chiqmasin. Bu sizning mahsulotingizni oladigan xaridor uchun qo'shimcha qulaylik yaratadi. Qadoqlsh paketi tayyor holatda va uch tomini yopiq holatda bo'ladi. Siz unga mahsulotni qo'lda solib so'ng quyidagi uskuna yordamida tepa qismi yaxshilab yopiladi.

www.dastgoh.uz
www.dastgoh.uz
www.dastgoh.uz

Xojatxona qog'ozini ishlab chiqarish sizga qancha daromad keltirishi, uskunalar uchun xarajatlar quyida keltirib o'tildi. Sizlarga hisob kitoblarni taqdim etishda imkon qadar aniqlikda yozishga harakat qilindi. Agar siz yaxshi marketing orqali tovarlaringizni omboringizda turib qolishiga yo'l qo'ymasangiz, quyidagi jadvalda keltirilgan kundalik daromadga ega bo'lasiz.

BIZNESDAN KUTILADIGAN FOYDA

www.dastgoh.uz

Yuqoridagi jadval ishlab chiqarish joyi o'ziniki bo'lgan tadbirkor hisobidan soliqlar hisoblanmagan holatda chiqarildi.

LINIYA NARXLAR JADVALI

https://t.me/OSS_uz

Yuqorida keltirilgan Narxlar QQS siz 08.01.2019 sanadagi narxlarga muvofiq korsatilgan va ular o'zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shaxridagi omborimizdan yoki Navoiy shaxridagi "One Step Solution''XK do'koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O'zbekiston buylab yo'l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

+99 8 94 225 0008

+99 8 93 344 04 04

Sayt: https://dastgoh.uz

Email: trade.china1@bk.ru

Telegram kanal: https://t.me/OSS_uz


Manzil: Navoiy shaxar, A.Navoiy ko'chasi, 46 uy

Moʻljal: Istiqlol to'yxonasi ro'parasida.

https://t.me/OSS_uz
https://t.me/OSS_uz
https://dastgoh.uz



Report Page