"XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar" mavzusida ochiq dars

"XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar" mavzusida ochiq dars

Rahmatulla Temirov

Joriy yilning 26-aprel kuni Buxoro davlat universiteti pedagogika fakultetining 307-auditoriyasida pedagogika nazariyasi va tarixi yo'nalishi ikkinchi bosqich magistranti Baxramova Madina Rasulovna tomonidan "XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.


Magistrant ma’ruza mavzusi va rejalarini talabalarga e’lon qilgach, mashg’ulotdan kutilayotgan o’quv natijalari bilan  tanishtirdi.



Jadidchilik maktablarining yuzaga kelish sabablari, jadidchilik harakati namoyondalari:Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvar Qori , Abdulla Avloniy asarlarida ta'lim tarbiyaga oid pedagogik qarashlar mushohada qilindi.
Mashg'ulot davomida rus-tuzem maktablari va jadid maktablari Ven diagrammasiga qo'yilib solishtirildi, afzallik, farqli tomonlari tahlil qilindi.



Ochiq darsni pedagogika fakulteti, pedagogika kafedrasi mudiri Sh.Sh.Olimov, pedagogika kafedrasi o'qituvchilari M.Umurova va M.Shukurovalar tahlil qilishdi. Dars qiziqarli o'tganligi va o'z maqsadiga erishganligi ustozlar tomonidan xulosalandi.

Pedagogika fakulteti matbuot kotibi
Rahmatulla Temirov.

Report Page