XIII Yillik investitsiya yig‘ilishi doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi

XIII Yillik investitsiya yig‘ilishi doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi

EconomyMoliyaPress

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan XIII Yillik investitsiya yig‘ilishi doirasida BAA Tashqi savdo davlat vaziri Tani bin Ahmad Al-Zeyudi, BAA Iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Tuk Al-Mari va “Metito Holdings Ltd.” boshqaruv raisi Mutaz Gandur bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tani bin Ahmad Al-Zeyudi BAA hukumati O‘zbekiston bilan o‘rnatilgan do‘stona hamkorlikda savdo sohasidagi katta salohiyat mavjudligini bildirdi.

BAA Tashqi savdo davlat vaziri O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi. 

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish jarayonlari va DXSh loyihalarida BAA investorlarining faol ishtirokini ta’minlash uchun “roudshou” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Abdulla bin Tuk Al-Mari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida BAA Iqtisodiyot vaziri III Toshkent xalqaro investitsiya forumidan unutilmas taassurotlar bilan qaytganini, shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasida xorijiy investorlar uchun BAAdan kam bo‘lmagan sharoitlar yaratilganini alohida ta’kidladi.

“Metito Holdings Ltd.” kompaniyasi bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.

“Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni kuzatib boryapmiz. O‘zbekiston DXSH loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bizning kompaniya istiqbolda O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish niyatidamiz”, dedi Rami Gandur.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page