XAVOTIRGA O‘RIN YO‘Q

XAVOTIRGA O‘RIN YO‘Q


Barno opa Xolmatova Buloqboshi tumanining “Qumguzar” mahallasida istiqomat qiladi. O‘zi uy bekasi. Naqd beshta o‘g‘ilni voyaga yetkazib, mana uchtasini uyli-joyli qildi. Yana ikki o‘g‘li bo‘y berib turibdi. Uy bekasi sifatida saranjom-sarishtalikni va hamma narsa o‘rni-o‘chog‘i bo‘lishini xush ko‘radi. Shuning uchun ham, gaz sohasi xodimlarini yilda bir marta albatta chaqirib, gaz jihozlarini ko‘rikdan o‘tkazishni odat qilgan. 

- Jihoz soz bo‘lsa, xavotir bo‘lmaydi. Har yili dudbo‘ronimni ham, isitish pechu gaz plitalarimni tekshirtiraman. Gaz yaxshi yonsa, qozon, choynak va kastryullarimiz qoraymaydi. Hidi chiqmaydi – deydi biz bilan suhbatda Barnoxon Xolmatova. – Bu odat menga qaynonamdan qolgan. Mana, men ham uch kelinni qaynonasiman, endi ularga o‘rgatayapman. Nafaqat gaz, elektr energiyasi va suvdan ham oqilona, tejamkorlik qilib foydalanishni uqtiraman ularga.

“Buloqboshitumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan tumanda 48 419 ta uy ichi gaz jihozlari xatlovdan o‘tkazilgan. Chilangarlar 27 276 ta gaz plitalari, 19 310 ta isitish pechlari, 2 158 ta hammomlardagi titanlar va 75 ta isitish qozonlariga xizmat ko‘rsatishadi. Gaz jihozlarining 40 696 donasi tabiiy gazdan foydalanuvchi lar hissasiga to‘g‘ri kelsa, 8 123 ta gaz plitalari suyultirilgan gazdan foydalanuvchilarning xonadonlarida. 

- Chilangarlarimiz har bir xonadonga kirgan vaqtda, eng avvalo, iste'molchilarga energiyatejamkor gaz yondirgichlardan foydalanish kerakligini tushuntirmoqdalar. Tabiiy gazdan oqilona foydalanish va mablag‘ni tejash imkonini berishini alohida ta'kidlamoqdalar. Shuningdek, dudbo‘ronlar sozligi, komforkalarning yaxshi ishlashi uy bekalariga xavfsiz foydalanish imkonini beradi – deya suhbatga yakun yasadi “Buloqboshitumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi boshlig‘i Shohruhbek Shuhratbekov.

Bugungi kunda tumanda mavjud gaz jihozlaringing 40 mingdan ortig‘i texnik ko‘rikdan o‘tkazildi va ko‘rik ishlari davom ettirilmoqda. 

"Hududgaz Andijon" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page