XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH YO‘LIDA

XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH YO‘LIDA


“Shu kunga qadar 40 mingdan ortiq uy ichi gaz jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazdik,-deya gap boshladi “Xo‘jaobodtumangaz” filialining uy ichi gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish ustasi O‘tkirbek Ahmedov. -Har bir xonadonga kirar ekanmiz, avvalo, iste'molchilarga texnik ko‘rik nega zarur ekanligini tushuntirmoqdamiz. Bir yilda bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazish aholi xavfsizligini ta'minlash hamda gaz jihozlarini soz holda ishlatish texnika xafvsizlik qoidalariga rioya qilish demakdir. Buni asta –sekin iste'molchilar ham tushunib boryapti...” 

 Xidirsha massivida qad rostlagan ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari yanada kuchaytirilgan. Mo‘rikon va ventilyasion kanallarning sozligi, gazdan oqilona foydalanish va is gazidan ehtiyot bo‘lish tushuntirilmoqda. 

 “Gaz plitasining buragich va yondirgichlarini hamisha toza saqlash, kerakli qismlarini moylab turish haqida ko‘pchilik ham bilavermaydi. Odatda ayollarimiz plita ustini tozalab yuvish va pokiza saqlash bilan cheklanadilar. Lekin gaz yondirgichgacha bo‘lgan jarayonlar, ularni yilda bir marotaba sozligini tekshirishni tushunmaydiganlar ham bor. Vazifamiz ana shunday iste'molchilarimizga xushmuomalalik bilan tushuntirish, texnik ko‘riklani muntazam bajarib borishdir,”- deydi chilangar Azizbek Alimjonov. 

Xo‘jaobod tumanida 62 mingdan ortiq uy ichi gaz jihozlari xatlovdan o‘tkazilgan. 26 mingdan ortiq isitish pechlari, 2600 ga yaqin hammmolarga o‘rnatilgan titanlar hamda 31 ming ikki, uch va to‘rt kamparakli gaz plitlari mavjud. 11 nafar chilangarlar tomonidan texnik ko‘riklarni amalgi oshirish davomida aholiga energiyatejamkor gaz jihozlaridan foydalanishning afzalliklari haqida ham tushunchalar berilmoqda.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page