XAVFSIZ MEHNAT – BARQAROR FAOLIYAT GAROVI

XAVFSIZ MEHNAT – BARQAROR FAOLIYAT GAROVI



Ta’kidlash kerakki elektr energetikasi sohasi kasblar ichida xavfli sohalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan xodimlar o’rtasida doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borish ularning hushyorligini oshirish, kerakli himoya vositalarini yaroqliligini doimiy ravishda ko’rikdan o’tkazish muhim sanaladi. Chunki faoliyat davomidan yo’l qo’yilgan birgina xato yoki kichik e’tiborsizlik og’ir oqibatli baxtsiz hodisalar kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Shuning uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizim korxonalarida “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi oyligi” muntazam ravishda tashkil etiladi. Xuddi shunday joriy yilning 10 iyunidan 10-iyuliga qadar “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi oyligi”o‘tkazilmoqda. Jumladan, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalariga o’quv seminarlari bo’lib o’tmoqda. Mazkur oylikning asosiy maqsadi ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish, xodimlar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashdan iborat.

Ushbu oylik doirasidagi keyingi tadbir G’ijduvon tuman elektr ta’minoti xodimlari bilan tashkil qilindi. Tadbirda xodimlar elektr kuchlanishi ostiga tushgan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, texnik uskunalarda kelib chiqgan yong’inni tezkorlik bilan bartaraf qilish, avariya tufayli uzilgan elektr simini qayta ulash, elektr qurilmalari va tarmoqlarni mukammal ta’mirlash uchun ish joyini belgilangan talablar asosida tayyorlash kabi shartlar bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.

Report Page