XAVFSIZ ISH TASHKIL ETISHGA, BARCHA BIRDEK MAS’UL!

XAVFSIZ ISH TASHKIL ETISHGA, BARCHA BIRDEK MAS’UL!


Elektr energiyasi zaruriyati kundalik turmush tarzimizga shu qadar singib ketganki, o‘tayotgan kunimizning biror lahzasini ana shu ne’matsiz tasavvur qilolmaymiz. 

Shu o‘rinda soha xodimlarining zahmatli va sharafli mehnatlarini har qancha e’tirof etsak arziydi. Shunday ekan, sohada xizmat qilayotgan xodimlarning ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga qoidalariga rioya qilishi, nafaqat mehnat unumdorligini ta’minlashda, balki o‘z hayotini asrashda ham muhimdir. Zero, xar bir xodim avvalo o‘zini asrashi, texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi zarur.

Bugungi ilm-fan va texnika shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, bu borada to‘g‘ri targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish har qachongidanda muhim.

Farg‘ona shahar elektr ta’minoti korxonasida ishchi–hodimlar ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv–seminar davomida, ishtirokchilarga doimo xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, ish jarayonida xar bir ishchi-xodimlarga tushuntirish ishlarini kuchaytirish, shu bilan birga hayotiy misollar va aniq ko‘rsatmalar orqali xodimlarning hushyorligini oshirish borasida qator tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, bunday o‘quv–seminarlarni muntazam olib borilishi bilan bir qatorda, mehnat jamoalarida ustoz-shogird an’analarini yanada rivojlantirish, sohada uzoq yillar mobaynida mehnat qilayotgan faxriylarning hayot tajribasini yoshlarga singdirish zarurligi ta’kidlandi.

Zero, barcha xodimlarning ish jarayonida yakdilligi va hamjihatligi juda muhim. Shundagina turli baxtsiz hodisalarning oldini olishga erisha olamiz.

 

“Farg‘ona HETK” AJ

matbuot xizmati



Report Page